Umumiy yer bilimi


Ko`llarning geografik tarqalishi va hosil bo`lishiga ko`ra turlari



Download 1,18 Mb.
bet2/11
Sana29.03.2022
Hajmi1,18 Mb.
#515256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'llar va suv omborlari

Ko`llarning geografik tarqalishi va hosil bo`lishiga ko`ra turlari.
Ko’l kotlovinalarining paydo bo’lishi. Ko’l suvlari turgan kotlo-vinalar paydo bo’lishiga ko’ra juda xilma-xil bo’ladi.
Ko’l kotlovinalari tektonik yo’l bilan paydo bo’lishi mumkin. Tektonik ko’llar kotlovinasi: a) uzilma va b) bukilmadan iborat bo’lishi; v) murakkab tuzilgan va g) vulkanik bo’lishi mumkin. Yer sharidagi eng chuqur va katta ko’llar: Baykal, Buyuk Afrika ko’llari, Ladogya, Onega, Ulik dengiz, Shimoliy Amerikaning Buyuk ko’llari, Vinnipeg, Katta Qullar ko’li, Shvestiya bilal Finlyandiyaning, shuningdek, Bolqon yarim orolining yirik ko’llari va boshqalar uzilma kotlo-vinalarda joylashgan. Eng chuqur ko’llar Baykal (1620 m) bilan Tan-ganikadir (1435 m). Boshqa ko’llarning chuqurligi 1000 m dan kam. Eng chuqur ko’llarning tagi okean sathidan pastda joylashgan. Masa-lan, Baykal ko’li o’rtacha suv sathining absolyut balandligi 455 m, bu
ko’lning chuqurligi esa 1620 m; demak ko’l tagi okean sathidan 1165 m pastda joy-lashgan. Yer po’stining bunday suvli bo-tiqlari kriptodepressiyalar deb ata-ladi.
Bir qarashda uzilmadan iborat ko’l., kotlovinalari er yuzida betartib tar-qalgandek tuyuladi. Biroq unday emas. Relyefning zonal-sektorial xarakterda ekanligiga bog’liq ravishda yirik tekto-nik ko’llar kotlovinalari ham zonal-re-gional joylashgan. Uzilma ko’llar Yevropaning shimoli-g’arbi va Amerikaning shimoli-sharqida kembriydan oldin pay-do bo’lgan qalqonlarning (ular epeyrogen harakatlar bo’ladigan 62° sh. k. paralleli bilan 15° shq. u va 75° g’. u. aktiv meri-dianlar ksishgan joylarda ko’taril-gan) yon bag’irlarida joylashgan. Baykal uzilmasi 105° shq. u. meridiani yaqinida paydo bo’lgan. Ulik dengiz va Buyuk Af-rika ko’llari er po’stining Suriya-Afrika yorig’ida joylashgan; bu yoriqning o’zi esa Hind okeanining rift polosasida joylashgan.
Bukilmadan iborat ko’l kotlovina-lari hamma joyda tarqalgan, chunki bukilma (mulda)lar er po’stida kyong tar-qalgan hodisadir. Bukilma kotlovina-lardagi ko’llarga Chad, Eyr, Kaspiyning shimoliy qismi, tog’lik va yassi tog’lik-lardagi ko’pdan-ko’p ko’llar misol bo’la oladi.

Murakkab tektonik kotlovinalarning paydo bo’lishida er po’stining plikativ va dizyunktiv xarakterdagi bir qancha harakatlari aks etgan; bularga Kaspiy dengizining, Viktoriya, Titikaka, Poopo ko’llarining kotlovinalari misol bo’la oladi.
Vulkanik ko’llar kotlovinalari krater yoki kaldera bo’lishi mumkin. Franstiyadagi maarlar, Yava, Yangi Zelandiyadagi ko’plab ko’llarning va boshqalarning kotlovinalari kraterdan iborat. Kaldera kotlovi-nalari paydo bo’lishi va morfologiyasiga ko’r krater kotlovinalariga ancha o’xshab ketadi. Chunonchi Qamchashadagi Kuril va Kronoki ko’llari-ning o’rni bunga misol bo’la oladi.
Muzlik ishi natijasida paydo bo’lgan ko’l kotlovinalari materik muzliklari bosgan territoriyalarda tarqalgan. Ular yo muzlik ero-ziyasi, yoki muzlik akkumulyastiyasi natijasida vujudga kelgan. Muzlik eroziyasi ko’llari muzlik markazi bo’lib turgan o’lkalarda — Skandinaviya yarim orolida, Finlyandiyada, Kareliyada va Taymirda, Kanadaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Surilib kelayotgan materik muzlari kristalli qalqonning muzlik harakati bo’yicha yo’nalgan yoriqlaridagi nurash mahsulotlarini sidirib olib ketgan. So’ng hosil bo’lgan kotlovinalarga suv to’lib qolgan. Bu ko’llar odatda ensiz va uzun, tagi qoyali bo’lib, muzlik harakat qilgan tomonga yo’nalgan.
Muzlik akkumlyastiya natijasida hosil bo’lgan ko’llar kotlovina-lari sertepa oxirgi morenalar hamda kam relyefi rivojlangan ob-lastlarda tarqalgan. Ularning ba’zilari tepalar orasidagi pastqam yerlarni egallaydi va odatda shakli parraksimon, o’zi nisbatan sayoz bo’ladi. Bunga Yuqori Volgadagi ko’llarning o’rni, ayniqsa Seliger ko’li kotlovinasiga misol bo’ladi. Boshqa ko’llar tekislikdagi more-nalar orasida uchraydi. Ular keng, cho’ziq doira-simon va sayozdir: Il-men, Beloe, Pokov-Chud, Voje, Lacha. Kam relyefidagi ko’l votlovnna-lari kichikroq cho’ziq doirasimon va nisbatan chuqur bo’ladi. Kareliya bo’yni va Shimoliy Amerikadagi kam relyefi tarqalgan o’lkalarning ko’pdan-ko’p ko’llari kam ko’llaridir. To’g’onli kotlovinalar erozion vodiylarni morena bo’g’ib qo’yishi natijasida paydo bo’lgan. Finlyan-diyadagi Salpauselkya oxirgi morena gryadasi erozion vodiylar su-vini to’eib qo’yib, Sayma, Pyaynne va boshqa ko’llarni vujudga keltir-gan. Tog’lardagi muzlik ko’llari kotlovinalari karlardan iborat. Tog’ yon bag’irlarining qor chizig’i yaqinidagi qorliklar va to’rtlamchi davr-muzliklari o’yib hosil qilgan chuqurlar karlar deb ataladi.
Tog’lardagi to’siq ko’llar vodiylarni tog’ qulamalari, lava oqimla-ri yoki muzlik morenalari to’sib qo’yishidan paydo bo’lgan. Masalai, tog’ qulashi natijasida 1911 yil Pomir tog’larida chuqurligi 505 m li Sarez ko’li hosil bo’lgan. Bunday kotlovinalarda joylashgan ko’llar Himolay tog’larida va boshqa yosh tog’ sistemalarida ko’plab uchraydi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish