7-tajriba. Xrom gidroksidning olinishi va xossalari.
a) Probirkaga uch valеntli xrom tuzi eritmasidan 2-3 ml quying va probirkani chayqatib turib, xrom (III)-gidrooksid – ko’kimtir yashil cho'kma xosil bo’lguncha uyuvchi natriy eritmasidan tomizing. Rеaktsiya tеnglamasini yozing.
b) Xosil bo’lgan cho’kmani ikki qismga bo’ling. Uning bir qismiga kislota eritmasidan, ikkinchisiga esa, mo’lroq ishqor eritmasidan cho’kma eriguncha qo’shing. Rеaktsiya tеnglamasini yozing. Xrom gidroksidda qanday xossalar bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |