I. SHARTNOMA PREDMETI
1. DMTT mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim-tarbiya berish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intel lektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, qonuniy vakil esa tarbiyalanuvchini DMTTdagi tegishli guruh tarbiyachisiga topshirish, tarbiyalanuvchini DMTT saqlash uchun ota onalarning to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish va DMTTning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash vaqti-------- soatni tashkil qiladi
2. DMTTda bolalarni saqlash uchun to‘lanadigan tushumlar boshqa byudjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash hamda DMTTning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va boshqa inventarlar xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Bunda DMTTning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |