mantiqiy grammatika, germanistika, antinomiya nazariyasi, naturalizm ta’limoti,
bobo til, psixologizm ta’limoti, sotsiologizm ta’limoti, lingvistik maktablar, til
ijtimoiy hodisa, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, funksional lingvistika,
darajasiga chiqqan, kapitalizm endigina rivojlana boshlagan bu davrga kelib,
arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus,
ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan
edi. XV–XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar,
chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar.
Olingan ma’lumotlar asosida fan olamiga ma’lum bo‘lgan barcha tillarning
kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.
Bu davrda ham antik davr adabiyotlarini, lotin va grek tillarini o‘rganish
davom ettirildi. Jyul sezar Skaliger “Lotin tili asarlari haqida” (1540), R. Stefanus
“Lotin tili xazinasi”(1553), G. Stefanus “Grek tili xazinasi” asarlarini yaratdi. Ayni
vaqtda semit tillari, Yevropa xalqlari tillari grammatikasiga oid asarlar yaratila
boshlandi. Jumladan, Uollsning “Ingliz tili grammatikasi (1653)”, Eduard
Rudolfning “Rossiyskaya grammatika”si (1696) dunyoga keldi, fransuz, italyan
tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning “Tillarning
qarindoshligi haqida (1593)” nomli traktati yozildi. Yustus Skaliger (1540-1609)
tillar tasnifi bilan shug‘ullanib, Yevropa tillarini 11 ta asosiy tilga ajratdi va
ulardan 4 tasini “Til onalari” (materi-yazыki) deb atadi.
Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar
dunyoga keldi. Jumladan, Pyotr Simon Pallasning 1786 –1791 yillarda Peterburgda
chop etilgan “Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug‘ati” 4 tilli lug‘atida Osiyo,
Yevropa, Afrika, Amerikadagi 272 tilga oid ma’lumotlar, ispaniyalik Lorenso
Gervasning 1800 –1804- yillarda Madridda chop etilgan “Ma’lum xalqlar
tillarining katalogi”da 307 tilga oid, nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.
Faterlarning “Mitridat yoki umumiy tilshunoslik” lug‘atida 500 tilga oid
ma’lumotlar keltirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, uyg‘onish davrida
juda ko‘p jonli tillar – ispan, fransuz, venger, ingliz, polyak, chex, niderland
tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.
Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,
Yevropadagi jonli tillarning grammatikasiga tadbiq qilindi. Bu tilni o‘rganishni
mantiqiy tafakkur qoidalarini bilishning asosi, barcha tillardagi grammatik
kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida
tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda
Parij yaqinidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Antuan
Arno va fransuz tilshunosi Klod Lanslo tomonidan “
Do'stlaringiz bilan baham: