SEMIOTIKA VA LINGVOSEMIOTIKA
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli
nuqtai nazardan tavsiflanadi:
1. Vazifasi nuqtai nazaridan
til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni
shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtai nazaridan
til muayyan birliklar,
ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir.
3. Mavjudligi nuqtai nazaridan
til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.
4. Informatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan
tilni kod bilan tenglashtirish
mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish,
yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn –
axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit,
sharoitni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: