Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
Bilishi kerak: Bo`lajak bakalavrlar «Amaliy san'at» bo`yicha to`liq kursni tugatgandan so`ng quyidagilarga ega bo`lmoqliklari lozim:
o`zbek xalq amaliy san'ati va uning turlari, naqqoshlik san'ati tarixi, naqqoshlik san'ati maktablari va namoyondalari, naqqoshlik san'atining ravnaqi, naqqoshlikning amaliy san'atda tutgan o`rni haqidagi ma`lumotga ega bo`lish;;
naqqoshlik mashg`ulotlarini o`tishda naqsh kompozitsiyasi tuzish qoidalari, kompozitsiya va uning turlari, simmetriya va asimmetriya, rapport, ritm, siluet, nisbat, kolorit, kontrast, garmoniya, rang, mahalliy materiallar to`g`risida tasavvurga ega bo`lish;
«Amaliy san'at» darslarini rejalashtirish:
ish qurollari, moslamalar, ularni ishga tayyorlashni bilishi, mahalliy materiallardan foydalanish, talabalarga «naqqoshlik kompozitsiyasi» mashg`ulotlarini tashkil etishda amaliy san'at asarlarini ma'muriy turar joy binolari va tarixiy obidalarimiz badiiy bezagini tahlil eta olish, yaxshi o`zlashtiruvchi va boshlovchi talabalar bilan individual darslar olib borish, talabalar ijodiy ishlarini baholay olish ko`nikmalariga ega bo`lish;
naqsh kompozitsiyasi tuzish bosqichlari, qonuniyatlari, mahalliy ashyolarning xususiyatlari, ulardan foydalanish, bo`yoqlar tayyorlash va ular bilan ishlash texnologiyasi, naqsh elementlarini yoddan bilishi va ular yordamida turli naqsh kompozitsiyalari tuza olish, girix va guli girix naqsh kompozitsiyalarini tuza olish, turli xajmli buyumlarni naqshlay olish, xalq ustalarimiz ijodidan nusha ko`chira olish, inter’yer va ekster’yerni bezash uchun naqsh kompozitsiyalari chiza olish, naqsh kompozitsiyalarini chizishda kompyuter grafik dasturlaridan foydalanish ijodiy jarayonni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo`llay olishi.
Qilishi kerak: Badiiy bezak san’ati bo’yicha talabalar quyidagi bilimlarga ega bo’lishi zarur:
badiiy bezak san’ati fanining maqsad va vazifalari;
ishlatiladigan asbob-uskunalar;
rangning kishi ruhiyatiga ta’siri;
kompozitsiya turlari;
badiiy bezak san’atining tarbiyaviy ahamiyati;
Talabalar bu fan bo’yicha quyidagi ko’nikmalarni hosil qilgan bo’lishi lozim:
badiiy bezak ishlarini tashkil qilish;
plakat perolari va mo’yqalamda yoza olish;
nusxa ko’chirish;
inter’yer va ekster’yerni badiiy bezash eskiz-loyixalarini chizish;
Talabalar quyidagi malakalarni egallagan bo’lishi kerak:
badiiy bezak san’ati bo’yicha malakali maslaxat bera olish;
ishlatiladigan bo’yoqlardan turli ranglar hosil qilish;
inter’yer va ekster’yerni badiiy bezash;
yozuvli, hajmli va tasviriy kompozitsiya tuza olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |