8-mavzu: Interer va ekstererning badiiy bezatilishi.
Interer va ekstererning badiiy bezash haqida ma'lumot berish.
Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
1. Naqsh va uning turlari. Oddiy naqsh elementlarini chizish. Gul, barg va boshqalarni chizish.
2. Naqqoshlik san’atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasini chizish.
3. Naqqoshlik san'atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasini bo‘yash va pardozlash.
4. Murakkab naqshli kompozitsiyalar tuzish. Naqqoshlik san'atiga xos islimiy, girih, gulli girih hamda madohil naqsh kompozitsiyasini tuzish, bo‘yash va pardozlash.
5. Sovg‘a buyumlarini naqshlash. Buyum yuzasiga mos naqsh kompozitsiyasi tuzish, kolorit asosida ranglash, pardozlash. Buyumni laklash.
6. Shrift, vizual kamunikatsion belgilar. Plakat shriftini yozib, rangda bo‘yash.
7. Namuna asosida harflar va sonlarni yozish. Yozilgan harflarni rangda bo‘yash.
8. Murakkab reklama namunasidagi xarflar asosida to‘liq alfavit va sonlarni yozish.
9. Yozuv kompozitsiyasi e'lon, shior, tabrik matni kabilarni yozish.
10. Ramziy belgilar, emblemalar kompozitsiyasini tuzish. Kompozitsiyaning rangdagi yechimi.
11. Interer va ekstererda badiiy bezash. Tanlangan interer yoki ekstererni badiiy bezash eskizini tuzish. Umumiy ko‘rinishi. Devorlar yoyilmasi. Eskiz.
«Amaliy va badiiy bezak san'ati» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar mavzular bo‘yicha auditoriyada naqqoshlik san'atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasini chizadi va ularni tahlil qiladilar; islimiy, girih, gulli girih hamda madohil naqshiga xos kompozitsiya tuzadilar. Badiiy bezak ishlarida yozuvlarni, e'lon, shior, tabrik matni kabi yozuvlarni yozishni, bayram atkritkalari, plakatlardan nusha ko‘chirishni, ramziy belgilar va emblemalar ishtirokida kompozitsiya tuzishni o‘rganadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi tasviriy san'at ashyolari bo‘lishi zarur:
– amaliy san'atga oid plakatlar, tarqatma materiallar, naqqoshlik san'atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasi namunalari, islimiy, girih, gulli girih hamda madohil naqshiga xos naqsh namunalari, xalq ustalari tomonidan yaratilgan naqsh kompozitsiyasi namunalari, ijodiy ishlaridan foto namunalar, interer va ekstererning badiiy bezatilishiga oid fotoplakatlar, o‘zbek va jahon san'ati namoyandalarining badiiy asarlaridan namunalar, bakalavr va magistrantlarining bitiruv ishlaridan namunalar.
Talabalarning amaliy san'at borasidagi amaliy bilimlari va malakalarini rivojlantirish hamda individul ishlash uchun amaliy mashg‘ulotlar 6–8 tadan iborat kichik guruhlarda olib borilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |