II. JAMIYAT FAOLIYATINING SOXASI (ASOSIY YUNALISHLARI) VA MAQSADI
21. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.
22. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat kursatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
qishlok xo‘jaligini mineral o‘gitlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik ximoya qilish vositalari bilan ta’minlash. chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
-qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yo‘li orqali mineral o‘gitlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik ximoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning xar yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral o‘gitlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni. o‘simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining xar yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xo‘jalik maxsulotlaridagi ogir metallar tuzlari va pestitsidlar, cho‘kindi qoldiklari, to‘plangan radionuklidlarni taxlil qilish:
-tuproqni oziqlash moddalari ta’minotini hisobga olgan holda, qishlok xo‘jaligiga mineral o‘gitlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qat’iyan muvofik ko‘rinishda yetkazib berishni ta’minlash;
-o‘simliklarni ximoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish soxasida fermerlar va dexqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar xamda axoliga kompleksli argokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofik qishloq xo‘jaligini mineral o‘gitlar bilan ta’minlash;
-qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va ko‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish. biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
-respublika xududida yer maydonlari, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining fitosanitar xolati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va yovvoyi o‘tlarning rivojlanishi va ko‘payib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, o‘simliklarni ximoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta’minlash.
-kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish. zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning tarqalishi imkoniyatlarini o‘rganish va prognoz qilish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ximoyaning kimyoviy va biologik vositalari, stimulyatorlar bilan ta’minlash;
-qishloq xo‘jaligi korxonalari va axolini o‘simliklarni ximoya qilish soxasida metodik ta’minlash, qishloq xo‘jaligiga -agrokimyo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni shartnoma shartlarida amalga oshirish;
-qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘ta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlarini o‘tkazish;
-soxa raxbarlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan boshka faoliyat turlarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 44-son, 511-modda)
Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat ko‘rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati, shuningdek «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — «O‘zagrokimyohimoya» AJ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:
«O‘zkimyosanoat» AJ tarkibidan chiqarilayotgan «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulkiy qismi negizida tashkil etilayotgan «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatlari;
«Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJning tuman va tumanlararo bo‘limlari, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari negizida tashkil etilayotgan «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) bo‘linmalari;
chigirtka bilan kurashish xizmatlari, shuningdek, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulki qismi negizida tashkil etilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining «Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati» bo‘limlari;
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika agrokimyo stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari negizida tashkil etilayotgan «Agrokimyo stansiyasi» MChJ;
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi negizida tashkil etilayotgan «Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi» MChJ;
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti negizida tashkil etilayotgan «O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti» MChJ.
2. Quyidagilar «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yo‘li orqali mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning har yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining har yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metallar tuzlari va pestitsidlar, cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish;
tuproqni oziqlash moddalari ta’minotini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qat’iyan muvofiq ko‘rinishda yetkazib berishni ta’minlash;
o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish sohasida fermerlar va dehqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli argokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va qo‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
respublika hududida yer maydonlari, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar holati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va yovvoyi o‘tlarning rivojlanishi va ko‘payib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta’minlash.
3. Quyidagilar:
«O‘zagrokimyohimoya» AJning tashkiliy tuzilmasi va «O‘zagrokimyohimoya» AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
«O‘zagrokimyohimoya» AJning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 41 kishidan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda «Agrokimyohimoya» HAJning namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zagrokimyohimoya» AJning boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadi hamda tegishli ravishda maqomi jihatidan vazir va uning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. Quyidagilarning:
«O‘zkimyosanoat» AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJlari ustav kapitallaridagi ulushini «O‘zkimyosanoat» AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha davlat foydasiga berish, shuningdek, shuning hisobidan «O‘zkimyosanoat» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish to‘g‘risida «O‘zkimyosanoat» AJ aksiyadorlari taklifi;
«Respublika o‘simliklarni himoya qilishning kimyo vositalar bazasi» AJ aksiyadorlarining jamiyatni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Belgilansinki,
«O‘zagrokimyohimoya» AJning ustav kapitali «O‘zkimyosanoat» AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJlari ustav kapitallarida ulushini «O‘zkimyosanoat» AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha topshirish, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi mulkining balans qiymati hisobiga shakllantiriladi;
«O‘zagrokimyohimoya» AJ «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
«O‘zagrokimyohimoya» AJning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish dividendlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati tushumlaridan va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metall tuzlari va pestitsidlar cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish byudjetdan ajratilgan pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
«O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazida soliqqa tortish, moliyalashtirish va xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning amaldagi shart-sharoitlari qo‘llaniladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zagrokimyohimoya» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ ikki oy muddatda:
«O‘zkimyosanoat» AJning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishni va tasdiqlanishini ta’minlasin, belgilangan tartibda uning ustav kapitalini shakllantirsin, yangi aksiyalar chiqarilishini va ularni joylashtirilishini amalga oshirsin;
«O‘zagrokimyohimoya» AJning ustav kapitaliga berilgan mulk qismini «Agrokimyosanoat» HAJ va «Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati»ning hududiy bo‘linmalariga topshirilishini ta’minlasin;
«O‘zagrokimyohimoya» AJning ustav kapitaliga topshiriladigan mulk va ulushlar qiymati summasiga «O‘zkimyosanoat» AJning ustav kapitalini kamaytirsin.
7. «O‘zagrokimyohimoya» AJga belgilangan tartibda «O‘zagrokimyohimoya» AJning maxsus taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etishga huquq berilsin, quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
hududiy «O‘zagrokimyohimoya» AJning ustav kapitalidagi «O‘zagrokimyohimoya» AJning ulushiga hisoblanadigan dividendlarning 50 foizi;
xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, «O‘zagrokimyohimoya» AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli ravishda qat’iyan quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
investitsiya loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, yangi turdagi o‘simliklarini himoya qilish vositalari, mineral, organomineral va kompleks (murakkab) o‘g‘itlarni o‘zlashtirish;
«O‘zagrokimyohimoya» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yangi laboratoriyalarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash.
«O‘zagrokimyohimoya» AJ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda «O‘zagrokimyohimoya» AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va maqsadli ishlatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2017 yildan boshlab, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari va defoliantlarni ulgurji sotish bo‘yicha bitimlar (shartnomalar) tuzish har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada amalga oshiriladi;
yarmarka savdolari qatnashchilari bo‘lib, bir tomondan, «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari va defoliantlarni ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar, ikkinchi tomondan — hududiy ulgurji xaridorlar «O‘zagrokimyohimoya» AJ va mahsulotlarni ulgurji xarid qiluvchi boshqa iste’molchilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi «O‘zagrokimyohimoya» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va defoliantlarga bo‘lgan buyurtmalarni shakllantirilishi, sotish hamda hisob-kitoblar qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda 2017 — 2020 yillarda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin;
«O‘zagrokimyohimoya» AJ va hududiy «Agrokimyohimoya» AJlarni strategik xom ashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadigan hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya sub’ektlari hamda tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
10. «Qishloqxo‘jalikkimyo» va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini 5-ilovaga* muvofiq tarkibda debitorlik hamda kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Komissiya tashkil etilsin.
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Komissiya (G.I.Ibragimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini to‘liq inventarizatsiya qilsin va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
«Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi oldidagi tugatilgan fermerlik xo‘jaliklarining kreditorlik qarzlarini restrukturizatsiya qilish;
«Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi va uning bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga bo‘lgan to‘lov qarzlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalari summalarini bekor qilish.
11. 2022 yilning 1 yanvarigacha «Elektrokimyosanoat» AJ, «O‘zagrokimyohimoya» AJ va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga ko‘ra olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ta’sir kuchiga ega moddalar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, asbob-uskunalar va texnologiyalar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
12. «O‘zagrokimyohimoya» AJ Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 38-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda «O‘zagrokimyohimoya» AJni, zarur kommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagrokimyohimoya» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
© 2014-2021 O`ZAGROKIMYOHIMOYA
AKSIYADORLIK JAMIYATI. Barcha huquqlar himoyalangan va q’onun muhofazasi ostidadir.
Ushbu saytdan olingan ma’lumotlardan foydalanilganda, O`ZAGROKIMYOHIMOYA AKSIYADORLIK JAMIYATI rasmiy saytidan olinganligi ko’rsatilishi shart
Do'stlaringiz bilan baham: |