Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tug‘ilishni qayd etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/174
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#398031
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
Bog'liq
Oila kodeksi

206-modda. Tug‘ilishni qayd etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Bolaning  tug‘ilishi  uning  tug‘ilganligi  haqidagi  tibbiy  ma’lumotnoma,  ota-onaning

oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  “O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  tug‘ilganlik  haqidagi  tibbiy

ma’lumotnoma,  perinatal  o‘lim  va  o‘lim  haqidagi  tibbiy  guvohnomalarni  berish  tartibi  to‘g‘risida”gi

yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2089, 23.03.2010-y.).

207-modda. Tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga bolaning ota-onasini yozish

O‘zaro  nikohda  bo‘lgan  ota  va  onadan  birining  arizasiga  ko‘ra  tug‘ilish  to‘g‘risidagi

yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi.

Agar  ota-ona  o‘zaro  nikohda  bo‘lmasalar,  bolaning  onasi  to‘g‘risidagi  yozuv  onaning

arizasiga  ko‘ra,  otasi  to‘g‘risidagi  yozuv  esa,  bolaning  otasi  va  onasining  birgalikdagi  arizasi

bo‘yicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi. Ona vafot etgan yoki u muomalaga




layoqatsiz  deb  topilgan  yoxud  onalik  huquqidan  mahrum  etilganda,  shuningdek  onaning

qayerda  ekanligini  aniqlash  mumkin  bo‘lmaganda  ota  to‘g‘risidagi  yozuv  otaning  arizasiga

ko‘ra vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoziladi.

Nikohda bo‘lmagan onadan bola tug‘ilganda ota-onaning birgalikdagi arizasi va otalikni

belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori bo‘lmasa, tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida

otaning  familiyasi  onaning  familiyasi  bo‘yicha,  otaga  tegishli  ism,  otasining  ismi  va  millati  —

ona ko‘rsatmasi bo‘yicha yoziladi.

Agar ota-onaning ikkalasi ham noma’lum bo‘lsa, ota va ona haqidagi yozuvlar vasiylik

va homiylik organi ko‘rsatmasiga asosan yoziladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil  14-noyabrdagi  387-sonli

qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 22, 28 — 30, 32 —

34-bandlari.

Nikohda bo‘lgan va sun’iy homila hosil qilish yoki embrionni ko‘chirishga yozma rozilik

bergan shaxslarda shu usullarni qo‘llashi natijasida bola tug‘ilsa, tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar

daftariga ular shu bolaning ota-onasi deb yoziladi.

O‘zaro nikohda bo‘lgan va boshqa ayolga homilani rivojlantirish maqsadida embrionni

ko‘chirishga yozma rozilik bergan shaxslar bolani tuqqan ayolning (qondosh onaning) roziligi

bilangina bolaning ota-onasi deb yozilishi mumkin.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish