156-modda. Bolaning roziligisiz farzandlikka olish
Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z
ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz
amalga oshirilishi mumkin.
157-modda. Farzandlikka oluvchining eri (xotini)ning bolani farzandlikka olishga
roziligi
Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, bunga
xotin (er)ning roziligi talab etiladi.
Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan
bo‘lsalar va er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab
qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar
tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 11-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |