Umumiy qism [okoz


-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri



Download 0,78 Mb.
bet184/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   344
Bog'liq
Soliq kodeksi

35-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
258-modda. Soliq stavkalari
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, 36-bobi.
259-modda. Soliq davri
Ushbu Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bir oy soliq davridir.
Oldingi tahrirga qarang.
(259-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
Nol darajali stavkani qo‘llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 261 — 263-moddalari.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish