315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari
Banklar va bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan bo‘lsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |