MAJMUANING TARKIBIY QISMLARI
Sillabus…………………………………………………………………5
Ishchi dasturi…………………………………………………………..8
O’tilayotgan fanning nazariy materiallari……………………………..22
Tarqatma materiallar, mustaqil ta’lim uchun materiallar (dars mavzusiga oid jurnal maqolalari)………………………………………………...301
Seminar mashg’ulotlotlari materiallari(vazifalar keyslar)…………..324
Glossariy……………………………………………………………..368
Adabiyotlar ro’yhati………………………………………………….386
SILLABUS
«UMUMIY PSIXOLOGIYA »
fanining
2019/2020 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
S ILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
|
Bunyodkor ko’chasi 27 uy
|
Kafedra:
|
Umumiy psixologiya
|
Umumuniversitet kafedralari
|
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:
|
Psixologiya
|
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinova
|
e-mail:
|
gziyavitdinova@mail.ru
|
Dars vaqti va joyi:
|
1-bino 2-zal
|
Kursning davomiyligi:
|
05.09.2018-20.01.2019
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Chorshanba kunlari 13.50 dan 15.10 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
58
|
Ma’ruza:
|
34
|
Amaliyot
|
40
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):
|
«Umumiy psixologiya» ,“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “etika va estetika”, “Ma’naviyat”, “Tarix”, “Anotomiya va fiziologiya”, “Informatika” va boshqa fanlar
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fani, psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tomonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zlashtirishini tashkil etishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. bo‘lajak o‘qituvchilarni Innovatsion tehnologiyalarning nazariy asoslari bilan tanishtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni madernizasiyalash uchun zaruriy kasbiy mahoratni shakllantirish, zamonaviy innovasion texnologiyalar, yangi pedagogik yo‘nalishlar bilan tanishtirish, mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zining mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |