112.O‘quv materialining emotsional xususiyatlari deganda nima tushuniladi? a) o‘quv materialida hissiy kechinmalar haqida ma’lumot berilishi; b) o‘quv materialini o‘zlashtirish natijasida shaxsda boshqa odamlarning his-kechinmalarini tushunish qobilyatining rivojlanishi; c) o‘quv materialining mazmuni shaxsda har xil his-kechinmalarni uyg‘otishi; d) o‘quv materialida tasvirlangan turli hissiy holatlar haqida shaxsning noto‘g‘ri xulosalar chiqarishi.
113.Muayyan fanga qiziqish bilvosita qiziqish ekani nimani anglatadi?
a) shu fanga yaqin boshqa fanlarga ham qiziqish mavjudligi; b) shu fanga o‘qituvchining o‘qitish uslubi sababli qiziqish; c) shu fanga qiziqishning etarlicha barqaror emasligi; d) shu fanga qiziqish uning ahamiyatini chuqur anglash sababli ekani.