Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet132/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

8.3. Iroda haqida tushuncha.

Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi.

Iroda deb-inson ongli ravishda o‘zini ongi va faoliyatini boshqara olishida, ma’lum bir anglanilgan xatti xarakatlarni bajarishda ichki va tashqi qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga aytiladi. Irodani eng asosiy funksiyalaridan biri bu, qiyin xayotiy vaziyatlarda ongli rafishda aktivlikni boshqara olishida xisoblanib, uning asosida nerv tizimni qo‘zg‘atuvchi va tormozlantiruvchi kuchlarni xamjixatli jarayonlari xisoblanadi.93

Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.

Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.

Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.

Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aks urish, ko‘z qovog‘ini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o‘ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Irodaning ko’pgina zamonaviy konsepsiyalari uni harakatlarning avtomatlashadigan ongli boshqaruvi jarayoni deb ko’rsatadi ( Hechhausen va Kuhl, Gollwitzer; Boekaerts va Corno). Gari Kil Xofnerning “Odam mashg’uloti modeli” bo’yicha iroda odam xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatuvchi 3ta tuzilmaning biri hisoblanadi. Ushbu model bo’yicha, iroda shaxsning qadriyatlari, qiziqishlari va shaxsiy samaradorligi bilan bog’liq.94

Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to‘la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda – bu kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishi demakdir, deb ta’riflanadi. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda ta’riflanishicha, iroda – shaxsning ongli harakatlarida, o‘z-o‘zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo‘ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G‘ozievning “Umumiy psixologiya ” darsligida iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko‘rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi.

Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo‘lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo‘lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira beradi.

Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir.

Barchaga ma’lumki, irodaning mustaqil muammosi shaxs muammosining tashkiloti bilan paydo bo‘lgan. Bu Uyg‘onish davrida sodir bo‘lgan. O‘sha ondayoq bir fikr paydo bo‘lgan: inson qachonki butun jamiyatdan ajralib, me’yorlardan chetlansagina shaxs bo‘la oladi. Bunda shaxsning asosiy qadriyatlardan biri iroda erkinligi hisoblanadi.

Tarixiy faktlar jihatidan, shuni aytib o‘tish joyizki, iroda erkinligi muammosi tasodifan paydo bo‘lmagan. Birinchi xristian dinidagilar inson o‘z iroda erkinligiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblashgan, chunki u o‘z vijdoniga muvofiq yo‘l tutishi , qaysi me’yorlarga rioya qilishi va qanday yashashi to‘g‘risida qaror qilishi kerak deyishgan. Uyg‘onish davridayoq iroda erkinligi mutloq unvoniga kiritila boshlandi.

Keyinchalik, erkinlik mutloqiyoti dunyoqarashning yaratilishiga – ekzistensializmga – “mavjudlik falsafasi” ga olib keldi. Ekzistensializm (M.Xaydegger, K.Yaspers, J.P.Sartr, A.Kamyu va boshqalar) erkinlikni xuddi hech qanday tashqi ijtimoiy holatlarga asoslanmagan mutloq erkin iroda sifatida ko‘radi. Bu tushunchaning boshlang‘ich nuqtasi – jamoat a’loqalari va munosabatlaridan, ijtimoiy-madaniy muhitdan tashqarida olingan mavhum odam. Berilgan yo‘nalish vakillarining fikrlari bo‘yicha, inson hech qanaqasiga jamiyat bilan va ahloqiy majburiyat yoki javobgarlik lar bilan ham umuman bog‘liq emas. Inson erkin va u hech narsaga javob bermaydi. Har qanday tartib uning uchun o‘z erkin irodasini toptash degani. J.P.Sartrga ko‘ra, haqiqiy odam har qanday “ijtimoiylik”ga o‘zi hohlamagan tarzda qarshi chiqib, hech qanday partiya, tashkilot va dasturlarga a’loqador bo‘lmasligi kerak.

Bunday iroda talqini inson haqidagi zamonaviy tassavvuriga zid hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Homo Sap lens turdagi insonning xayvonot olamidan asosiy farqi uning ijtimoiy muhitidadir. Inson jamiyatidan tashqarida o‘sib kelayotgan insoniy mavjudot faqatgina tashqi ko‘rinishdan o‘xshaydi, o‘zining ruhiy holati esa insonlarga umuman a’loqador emas.

Erkin irodaning mutloqligi ekzistensializm vakillarini inson tabiatining noto‘g‘ri traktovkasiga olib keldi. Ularning xatosi shundaki, biror bir mavjud me’yor va qadriyatlarning rad etilishiga yo‘naltirilgan ayrim bir harakatni bajarayotgan insonni keyinchalik boshqa me’yorlar va qadriyatlarni da’vo qilishidagi tushunmovchilik. Ahir, biror nimani rad etish uchun muayyan muqobillikga ega bo‘lmoq zarur, yokida bunday inkor, yaxshi tarafdan aytganda, safsata, qo‘pol ma’noda esa – jinnilikga aylana boshlaydi.

Birinchi tabiiy fanli iroda talqini, uni “erkinlik instinkti”, tirik organizmning faollik ko‘rsatishi sifatida ko‘rib chiqgan olim I.P.Pavlovga tegishli. Uning fikricha, iroda “erkinlik instinkti” sifatida ochlik va xavflik instinktidan kam bo‘lmagan miqdorda ishtirok etadi.95

Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo‘lishi mumkin.



Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.

Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o‘ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo‘lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so‘ng hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.

Ko‘p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas, balki o‘z-o‘zini yengish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo‘zg‘aluvchan, sust kishilarga xos bo‘lib, o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.

Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.

Aytib o‘tish joyizki, to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan har bir harakat irodali bo‘lolmaydi. Masalan, kuchukdan qochayotgan odam eng qiyin to‘siqlarni yengib, hatto baland daraxtga ham chiqa olishi mumkin, ammo bu harakatlar irodali deb hisoblanmaydi, chunki ular, eng avvalo, insonning ichki qurilmalari tomonidan emas, balki tashqi omillar tomonidan chaqirilgan. Shunday qilib, to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ixtiyoriy harakatlarning muhim xususiyati - qo‘yilgan maqsadning ma’nosini va unga erishish zarurligini anlashdir. Inson uchun maqsad qanchalik muhim bo‘lsa, u shuncha ko‘p to‘siqlarni yengib o‘tadi. Shuning uchun, ixtiyoriy harakatlar nafaqat ularning qiyinchilik darajasi, balki anglash darajasi bo‘yicha ham farqlanishi mumkin.

Odatda biz u yoki bu harakatlarni nima sababdan sodir etayotganimizni ko‘proq yoki kamroq to‘liq anglaymiz, o‘zimiz itilayotgan maqsadlarni bilamiz. Shunday holatlar borki, inson nima qilayotganini anlay turib, bu ishni nima sababdan qilayotganini tushuntira olmaydi. Ko‘pincha bunday holatlar inson qandaydir kuchli tuyg‘ular qurshovida bo‘lganda , emotsional uyg‘onishni his qilganda paydo bo‘ladi. Bunday xatti-harakatlar ta’sirchan deb ataladi. Bunday xatti-harakatlarning anglash darajasi ancha pasaygan. Inson ko‘pincha o‘ylamay ish qilib, so‘ng pushaymon chekadi. Lekin iroda ham shundan iboratki, inson o‘zini hissiy holatlarda o‘ylamay qilinadigan ishlardan tiyishi lozim. Shu sababali, iroda fikriy faoliyat va tuyg‘ular bilan bog‘liq.

Iroda insondagi, muayyan bir bilim jarayonlarini talab qiluvchi,maqsadga erishuvchanlikning mavjudligi demakdir. Fikrni yoritib berish maqsadlarni ongli ravishda tanlash va unga erishish uchun qo‘llaniladigan vositalarni tanlash orqali ifodalanadi. Fikrlash o‘ylab qo‘yilgan harakatlarning bajarilishida ham zarurdir. O‘ylab qo‘yilgan ishlarni amalga oshirayotganimizda , ko‘p qiyinchiliklarga duch kelamiz. Misol uchun, harakatning bajarilish shartlari o‘zgarib qolishi yoki maqsadga erishish vositalarini o‘zgartirish ehtiyoji tug‘ilishi mumkin. Shuning uchun qo‘yilgan maqsadga erishish uchun, inson doim harakatning, shartlarning va uni bajarish vositalarining maqsadlarini bajarishi va o‘z vaqtida kerakli o‘zgarishlar kiritishi kerak. Fikrlashning ishtirokisiz irodali harakatlar anlash jarayonidan maxrum bo‘lishar edi, ya’ni irodali bo‘lishdan to‘xtashardi.

Iroda va tuyg‘uning a’loqasi - biz o‘zimizga muayyan bir tuyg‘ularni chaqiruvchi hodisalar va predmetlarga e’tibor qaratashimizda ifodalanadi. Nimagadir erishish hohishi, huddi biror bir yoqimsizlikdan qochish kabi , bizning tuyg‘ularimiz bilan bog‘liqdir. Biz uchun befarq bo‘lgan, hech qanday his-hayajon chaqirmaydigan narsalar, harakat maqsadi sifatida ishtirok eta olmaydi. Ammo tuyg‘ular irodali harakatning manbasi deb noto‘g‘ri ta’rif berishadi. Ko‘pincha biz tuyg‘ular maqsad sari intilishga to‘siq bo‘layotgan vaziyatlarga duch kelamiz. Shuning uchun ham, his-hayajonlarning negativ ta’siriga qarshi kurashish uchun biz irodali harakatlarni ishga solishimizga to‘g‘ri keladi. Ongli ravishda harakat qilish qobiliyatini saqlab qolishda his-tuyg‘ularni boshdan kechirish qobiliyati yo‘qolishining patologik hodisalari tuyg‘ular bizning harakatlarimizning yagona manbasi emasligiga hizmat qiluvchi ishonarli dalildir. Shunday qilib, irodali hatti-harakatlarning manbalari xilma-xil bo‘ladi. Ularni ko‘rib chiqishdan avval, biz irodaning asosiy va taniqli teoriyalari va ular insondagi irodali harakatlarning paydo bo‘lish omillarini qanday yoritib berishi bilan tanishib chiqishimiz zarur. Kornilov Konstantin Nikolaevich (1879-1957) – buyuk ruhshunos. Ilmiy faoliyatini G.I.Chelpanovning xodimi sifatida boshlagan. Bir necha yil Chelpanovning Institutida ham ishlagan. 1921-yilda “Inson reaksiyalari haqida ta’minot” nomli kitobini yozgan. 1923-1924 yillarda materialistik psixologiyaning yaratilishi bilan faol shug‘ullangan. Uning qarashlaridagi markaziy joyni ruhiyatning yuqori uyushgan materiyaning alohida xususiyatidek degan fikr egallagan edi. Bu ish, Bexterevning refleksologiyasi bilan introspektiv psixologiyani taqqoslashga qaratilgan, reaktologiya konsepsiyasining yaratilishi bilan tamomlandi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi, refleksga o‘hshaydigan va shu bilan bir qatorda undan “ruhiy taraf” ning mavjudligi bilan ajralib turadigan hayotning asosiy elementi, “reaksiya” ning o‘rni to‘g‘risida bo‘lgan. 1931-yilda Kornilov “reaktologik muloqot” ning utkazilishi natijasida o‘z qarashlarini rad etdi. Keyinchalik iroda va fe’lning muammolari ustida izlana boshladi. Moskva Ruhshunoslik Institutini boshqargan.

Shunday qilib, I.P.Pavlovning talqinidagi iroda o‘z tabiatiga ko‘ra reflektor hisoblanadi, ya’ni u bajaruvchi omilga nisbatan javobiy reaksiya ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, berilgan talqin bekorga bixeviorizm vakillarining orasida keng tarqalmagan va (K.N.Kornilov) reaktologiyasi va (V.M.Bexterev) refleksologiyasida katta qo‘llab-quvvatlanish olgan. Xulosa shundan iboratki, insonning irodasi tashqi shartlarga bog‘liq, ya’ni irodaviy hatti-harakat insonga bog‘liq emas.

Oxirgi o‘n yilliklarda boshqa konsepsiya ham kuch yeg‘ib, o‘z tarafdorlar sonini oshirib bormoqda. Unga ko‘ra, insonning hulqi avvaldan faol deb qabul qilinsa, insonning o‘zi hulqning shaklini ongli tanloviga xos qobiliyatga ega deb ko‘rilmoqda.

Irodaviy ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo‘lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to‘la ongli harakatlar bo‘lgani uchun bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbalari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog‘da xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda o‘rtacha bo‘lsa kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”.

Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, odam ayrim nojo‘ya harakatlardan o‘zini so‘zlari orqali (ya’ni o‘ziga-o‘zi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo‘lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir” – degan edi. Shuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar tizimi o‘z faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni ma’lum bir tizimli, ma’noli bo‘lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi.

Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq davom etadigan qattiq kasallikdan so‘ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi bo‘shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi bo‘shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini ta’minlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi kerak.



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish