Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet111/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Asab anoreksiyasi. Normal vaznli odam (ko‘proq o‘smir yoshidagi qizlar) parhez yordamida o‘z vaznini sezilarli darajada kamaytiradigan, biroq shunga qaramay, o‘zini semiz (to‘la) deb his qiladigan va och yurishda davom etadigan ruhiy buzilish.

Ovqatlanishning buzilishi. Ovqatlanish bilan bog‘liq xulq-atvorga psixologik ta’sirlar ayniqsa normal gomeostatik holat mifik qomatga motiv bilan to‘lib toshgan odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ovqatlanishning buzilishi bilan bog‘liq ikkita misolni ko‘rib chiqamiz.

Meri (bo‘yi 1 m 50 sm, yoshi 15 da) 45 kg vaznga ega bo‘la turib, yanada jozibali ko‘rinish uchun ozish kerak degan qarorga keldi. Ratsionni kuniga bir necha sabzavotgacha asta-sekinlik bilan qisqartirib, qo‘shimchasiga jismoniy mashqlar intensiv dasturini bajarib, u 36 kg vaznga erishdi. Shunga qarmasdan, o‘zini to‘la his qilib, parhezni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Merining uyqusi buzildi, ba’zan depressiyaga tushadigan bo‘lib qoldi, uning menstrual sikli muntazam xarakterini yo‘qotdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan u faol emas, o‘qishda o‘zini u qadar namoyon qilmaydi. Meri o‘zini semiz yoki davolanishga muhtoj his qiladi.

Alisa (bo‘yi 1 m 80 sm, vazni 72,5 kg, yoshi 17da) hamma vaqt tiqmachoqdek bo‘lganligini aytadi. Oxirgi besh yil davomida unda ochko‘zlik kuzatildi va bu ko‘pincha qusishga olib kelardi. U bir kilogramm muzqaymoq yoki bir butun pirogni yeb tashlashi, keyin bu uning vazniga ta’sir qilmasligi uchun yashirincha qusishga harakat qilardi. Alisa yigit kishi bilan uchrashishni istaydi, ammo o‘zidan uyalgani sababli buni qilmaydi. Ba’zan u ortiqcha vazndan qutulish uchun tabletkalar iste’mol qiladi.

Meriga qo‘yilgan tashxis – asab anoreksiyasi, odam yetarlicha vaznga ega bo‘lmay, (odatda, 15 % yoki ko‘proq vazn yetishmovchiligi bo‘ladi) o‘zini semiz (to‘la) deb his qiladi va vaznini kamaytirishga harakat qiladi. Bunday odamlar xatto ochlikdan sillasi qurisa ham, o‘zini ovqatdan cheklayveradi. Bunday buzilish o‘spirinlikda, o‘nta holatdan to‘qqiztasi qizlarda kuzatiladi.

Bulimiya – (ichkilikbozlikka o‘xshash) ochko‘zlik (ko‘p yeyish) davridan keyin qusish yoki ichni yurgizadigan dorilar ichib keladigan buzilish.

Alisaning holati – bulimiya – ko‘p yeyish va qusish yoki ichni yurgizadigan dorilar ichishdan iborat takrorlanadigan ko‘p yeyish va bo‘shashish (tozalanish) epizodlari bilan kechadigan buzilish. Bulimiya bilan kasallanganlar ayrim ichkilikbozlar ichgani kabi – ruju qo‘yib, ba’zan o‘ziga o‘xshash do‘stlari ta’sirida, ovqat yeydi (Grandall, 1988). Ularning katta qismi 15-20 yo sal kattaroq yoshli qizlar. Anoreksiya bilan kasallanganlar kabi ular ham ovqat haqidagi xayollarga berilgan (shirinliklar va yog‘li ovqatlarsiz turolmaydi), ortiqcha vazndan qo‘rqadi va depressiya yoki xavotirlanish holatiga uchraydi va uyatni ular ayniqcha ko‘p yeyish vaqtida va undan keyin his qiladi. Anoreksiya bilan kasallanganlarning qariyb yarmida bulimiyaning ko‘p yeyish-tozalanish simptomlari ham kuzatiladi. Biroq anoreksiyadan farqli o‘laroq bulimiya vaznning normal yoki normada u qadar oshmagan chegaralarda silkinishlari bilan kuzatiladi. Bu esa mazkur holatlarni yashirish imkonini beradi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bulimiya kuzatilgan oilalarda ichkilikbozlik, semirib ketish va depressiya xavfi ortib ketadi. Anoreksiya bilan kasallanganlar aksariyat hollarda o‘ziga to‘q, raqobat va nufuz ruhi bilan tavsiflanadigan oilalar vakillari(Pate & others, 1992; Yates, 1989, 1990). Ular o‘zlariga ortiqcha talablar qo‘yadi, kutganlari bo‘lmasa, ko‘ngli qoladi, boshqalar ularni qanday qabul qilishi to‘g‘risida ortiqcha qayg‘uradi. (Heatherton & Baumeister, 1991; Stregel-Moore & others, 1993). Ovqatlanishdagi buzilishlar, ayrimlar o‘ylaganidek, bolalikda kattalar tomonidan suiste’mol natijasi emas (Kinz & oters, 1994).

Ovqatlanishdagi buzilishlarga moyillikka genetika ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir tuxumli egizaklardan biri bulimiya bilan kasallansa, boshqasining shu dardga sherik bo‘lish ehtimoli, ikki tuxumli egizaklarnikidan ortiqroq. Ovqatlanishda buzilishlari bo‘lgan odamlar, shuningdek, transmitterlarning normal bo‘lmagan zaxiralariga ega bo‘lishi mumkin, bu ularni depressiya yoki xavotir holati xavfi tomon olib boradi.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish