Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya


Odam xarakteri bir qator omillar ta’sirida shakllanadi. Bular quyidagilardir



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/347
Sana19.09.2021
Hajmi4,56 Mb.
#179385
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   347
Bog'liq
eksperimentalpsixologiyapdf

Odam xarakteri bir qator omillar ta’sirida shakllanadi. Bular quyidagilardir: 
1.  Ijtimoiy muhit 
2.  Tarbiya 
3.  Oila 
4.  o’z - o’zini tarbiyalash 
5.  Maktab jamoasi. 
 
Bizga ma’lumki shaxs munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Bunda butun bir ijtimoiy 
tizimni  xarakterlovchi  keng  ijtimoiy  munosabatlar  katta  ahamiyatga  ega.  Moddiy  muhtojlik  yoki 
ta’minlanganlik, ishsizlik yoki kelajakka ishonch, ijtimoiy tenglik – bularning hammasi faqat shaxsning 
ijtimoiy  tipik  xususiyatlarigina  emas,  balki,  xarakter  individual  xususiyatlarining  tarkib  topshiga  xam 
ta’sir ko’rsatadi. 
Ijtimoiy  muhitda  –  sinf  jamoasida,  mehnatda  xayrixohlik,  o’rtoqlik,  birdamlik,  badjahillik,  kelisha 
olmaslik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topishi mumkin. Bugun tashvish, taraddudlar yolg’iz bir 
bolaga qaratilgan oilalarda, ota  –  onalar o’rtasida doimiy janjal  bo’lib turadigan oilalarda xarakterning 
o’ziga  xos  xususiyatlari  shakllanadi.  Xuddi  shuningdek,  maktabdagi  shaxslararo  munosabatlar  xam 
xarakterni bir qator maxsus xususiyatlarini tarkib toptiradi. 
Ijtmoiy va shaxslararo munosabatlar jamiyatning hamma a’zolari uchun bir xildir. Lekin, shaxsning ayni 
bir xil munosabatlari mutlaqo xar xil individual xarakterlarda amalga oshiriladi. Psixikaning ayni bir xil 
individual  sifat  xususiyatlari  shaxsning  tegishli  ijtimoiy  tipik  munosabatlari  bilan  birga 
qo’shilgandagina xarakter xususiyatlarini belgilash mumkin. 
Birgina faoliyatning o’zida shaxsning turli xarakter sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Lekin o’quvchi 
tomonidan  faoliyat  jarayonida  qo’llanagan  harakatlarning  barqaror  va  o’zgarmas  bo’lishi  uchun  ular 
aloxida  sifatga  ega  bo’lishlari  kerak.  Ular  avtomatlashgan  bo’lishlari  kerak.  Harakat  usullarining 
avtomatlashuvi  ma’lum  dinamik  stereotip  xosil  qilinishi  bilan  bo’lgan  shartli 
reflektor  funksional 
xolatning
,  ya’ni  xarakter  fiziologik  asosining  zaruriy  natijasidir.  Shu  tufayli  jiddiy  sharoitlarda  zudlik 
bilan  biror  qarorga  kelishida  xarakter  ifodalanadigan  ish  –  harakatlar  taxminan  o’ylab  ko’rmasdan  va 
ikqilanishsiz Yuzaga keladi. 
Maktab  o’quvchisi  oiladagi  tarbiyada  ota  –  onalarning  xarakter  xususiyatlariga,  maktabda  esa 
O’qituvchilarning  xarakter  xususiyatlariga  ma’lum  darajada  taqlid  qiladilar.  Xarakterning  tarkib 
topishida  taqlidchilikning  axamiyati  o’p  jixatdan  ifodali  ish  –  harakatlarning  o’quvchi  emotsional 
kechinmalariga  ta’siri  bilan  belgilanadi.  Agar  bola  xushfe’l,  mexribon  odamning  imo  –  ishoralarini, 


yo’zidagi  ifodali harakatlarni  ovozning itonatsiyalarini tashqaridan taqlid qilish  orqali o’ziga singdirib 
olgan bo’lsa va bular odatga aylanib qolgan bo’lsa, o’quvchi harakatlarini belgilovchi kechinmalarning 
ichki  tuzilishi xam  o’zgaradi.  Ammo  xuddi  ana  shuning  uchun  sof  tashkil  taqlidchanlik  asosida  faqat 
harakatning  avtomatlashuvi  xosil  qilinar  ekan,  taqlidjchilik  xarkterning  rivojlanishi  va  tarbiyalanishi 
asosiy va xal qiluvchi rolni o’ynay olmaydi. Agar taqlidchanlik xatti – harakat namunasiga taqlid qilish 
uchun  mo’ljallangan  shaxsning  ma’lum  munosbatlari  tomonidan  motivlashtirilgan  bo’lgandagina 
xarakter xususiyatlari tarraqiyotning shartiga aylana – aylana oladi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish