O’zini o’zi kuzatish (introspeksiya) Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi,
salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini
kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari
vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni,
mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Donalash metodi yordami bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha
o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro bog’liqlik va o’zaro ta’sir, izchillik, uyg’unlik o’rtasida
“gorizontal” yo’nalishdagi munosabat o’rganiladi.
Jumladan
, boshqa odamlar nutqini idrok qilish
uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin
misoldir. Mazkur jarayonda har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning
ahamiyati alog’ida ta’kidalandi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |