13.
E.G’oziyev. “Umumiy psixologiya”. –T. 2010.
10-mavzu. SHaxsni yo’nalganligini o’rganish
Reja:
1. SHaxsni yo’nalganligini o’rganish anketasi.
2. SHaxsni yo’nalganligini aniqlash jarayoni.
3. SHaxsni yo’nalganligini, o’rganuvi anketa o’tkazish uchun zaruriy ma’lumotlar.
4. Tekshiriluvchiga yo’riqnoma, javob varaqasi. Ma’lumotni qayta ishlash uchun test kaliti.
5. Baxolash jadvali, yakka shaxs yoki gurux uchun.
Tayanch
tushunchalar:yo’nalganlik,qiziqish,
dunyoqarash,
e’tiqod ,
ideal,
intilish,
ishonch refleksiya adantivlik ishonuvchanlik komformlilik o`z-o`ziga baho berish frustratsiya
Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror
motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs Yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs
yo`nalganligi
qiziqishlar,
dunyoqarash,
e’tiqod,
intilish
va
idealda
xarakterlanadi.
Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni
aniq,
chuqur
va
aniq
aks
etishiga
yordam
beradi.
Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu
dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari,
qadriyatlari,
e’tiqodlari
va
printsiplari
namoyon
bo`ladi.
E’tiqod –
insonni
anglangan
ehtiyoji
bo`lib,
u
faoliyatga
undaydi.
Ideal –
bu
namuna,
intilishlarning
eng
Yuqori
cho`qqisi.
Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni
o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan
tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan
kiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga
oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida
odamda
faoliyatning motivlari
, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi.
Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi,
muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi.
Shaxsning faolligining yo`nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko`ra a) tabiat - inson
o`zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi; b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati mahsuliga
bog`liq bo`lgan faoliyati; predmetiga ko`ra: v) moddiy – ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush
ashyolari; g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni o`zlashtirib olish, yaratish, o`qish, ilm, san’at, musiqa,
kinofil’m, teatr va boshqalar asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
4. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o`ziga xos sifatlar mavjud: Ekstravertsiya – inson ongni va
diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o`zi atrofida bo`layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstravertsiya
intravertsiyaga qarshi bo`lib, intravertsiya – bu ong va inson qiziqishlarini o`ziga, o`z ichiki dunyosiga
qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |