Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya


Irodaviy xarakatlarning tuzilishi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/347
Sana19.09.2021
Hajmi4,56 Mb.
#179385
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   347
Bog'liq
eksperimentalpsixologiyapdf

 
Irodaviy xarakatlarning tuzilishi.  
 
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan  yoki  etarli darajada anglanmagan istak, xohish, 
tilak,  mayl,  ustanovka  va  shu  kabilarning  ichki  turtki  ta’sirida  paydo  bo‘lishi  natijasida  ro‘yobga 
chiqariladi.  Mazkur  istak  va  uning  boshqa  shakllari  impulsiv  (lotincha  impulsus  ixtiyorsiz  qo‘zg‘olish 
ma’nosini  anglatadi)  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  inson  tomonidan  anglanilmaganligi  uchun  ma’lum 
ob’ektga  qaratish 
Yuzasidan  rejalashtirilmagan
,  hatto  ko‘zda  tutilmagan  bo‘ladi.  Insonning 
favquloddagi  vaziyatda  Yuzaga  keladigan  sarosimalik  affekti,  dahshat,  hayajonlanish,  ajablanish, 
shubhalanish  va  shunga  o‘xshash  boshqa  mohiyatli,  har  xil  shakldagi  xatti-harakatlari  ixtiyorsiz 
turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarda 
keng 
ko‘lamda 
bayon 
qilingan.  
 
Boshqa  kategoriyada  taalluqli  harakatlar  ixtiyoriy  harakatlar  deb  nomlanib,  ular  maqsad  ko‘zlash, 
maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z 
miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan 
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum 
tashkil  qiladi.  Psixologik  ma’lumotlarga  asoslangan  holda  ularga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin: 
«Maqsadga  erishish  yo‘lida  uchraydigan  qarama-qarshiliklarni  bartaraf  qilish  jarayonida  zo‘r  berish 
bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».  
 
SHaxsning  irodaviy  faoliyati  o‘z  oldiga  qo‘ygan  anglangan  maqsadlarni  bajarishdan,  amalga 
oshirishdan  iborat  sodda  shakldagi  harakatlarning  majmuasidan  iborat  emas.  Zo‘r  berishni  taqozo 
etmaydigan  ish  harakati  (masalan,  shkafdan  choynak  olish,  sochiqni  qoziqqa  ilish  va  hokazolar)  bilan 
irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb 
etuvchi  maqsadlariga  o‘zi  uchun  kamroq  qiymatga  molik  xatti-harakat  motivlarini  bo‘ysundiradi. 
Ustivor  (etakchi)  motivlar  qo‘shimcha  ko‘makchi  motivlarni  muayyan  yo‘nalishga  safarbar  qilib, 
umumiy maqsadga xizmat qildiradi. 
SHaxs  faolligining  har  xil  ko‘rishlari  mavjud  bo‘lib,  ular  funksional  tomondan  bir-biridan  farqlanadi, 
lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o‘z 
xatti-harakatlarini  (xulq-atvorini)  o‘zi  boshqarishini,  u  yoki  bu  xususiyatli  intilish  va  istaklarini 
tormozlashni  talab  qiladi,  binobarin,  u  anglanilgan  turlicha  harakatlar  tizimi  mujassam  bo‘lishini 
nazarda  tutadi.  Irodaviy  faoliyat  mohiyati  shunda  ko‘zga  tashlanadiki,  bunda  shaxs  o‘zini  o‘zi 
boshqaradi,  o‘zini  qo‘lga  oladi,  o‘zining  xususiy  ixtiyorsiz  impulsiv  tomonlarini  nazorat  etadi,  hatto 
zarurat  tug‘ilsa,  u  holda  ularni  tamoman  yo‘qotadi  ham.  Iroda  paydo  bo‘lishining  bosh  omili-inson 
tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-
harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng 
qo‘lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni 
talab  qiladigan  aqliy  amallarni  taqozo  etadi.  Bunday  aqliy  amallar  favquloddagi  vaziyatni  baholash, 
kelgusida amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad 
ko‘zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish 


kabilar  bo‘lib  hisoblanadi.  Ushbu  amallarning  barchasi  irodaviy  faoliyatning  operatsional  tomoni  deb 
baholanadi.  
 
SHuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  ba’zi  psixologik  holatlarda,  vaziyatlarda  irodaviy  faoliyat  insonning 
butun  hayot  yo‘lini  aniqlab  beradigan,  uning  ijtimoiy-psixologik  qiyofasini  (siymosini)  namoyon 
qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan 
uyg‘unlashadi.  SHuning  uchun  bunday  irodaviy  harakatlarni  amalga  oshirish  jarayonida  shaxs  ongli 
harakat  qiluvchi  sub’ekt  tariqasida  ham  ularning  kashfiyotchisi,  ham  bir  davrning  o‘zida  ijrochisi 
(bajaruvchi)  bo‘lib  ishtirok  etadi.  Mazkur  holatda  shaxs  o‘zida  to‘kis  mujassamlangan  qarashlari 
tizimiga  (dinamik  stereotipiga),  iymon-e’tiqodga,  ishonch  va  dunyoqarashiga,  qadriyatiga,  hayotiy 
munosabatlari  majmuasiga,  aql-zakovatiga,  ma’naviyatiga  asoslangan  holda  ongli  yo‘l  tutadi. 
SHaxsning  umr  (hayot)  yo‘lida  qadriy  xususiyat  kasb  etuvchi  javobgarlik  hissi  irodaviy  harakatlarni 
tatbiq  qilishda 
uning  miyasiga  mujassamlashgan
,  anglanilgan  barcha  ijtimoiy-psixologik  shartlangan 
fazilatlar  (qarash,  e’tiqod,  qadriyat,  ma’naviyat  va  hokazolar)  sog‘lom  fikr,  ustuvor  (Yuksak  tuyg‘u) 
hissiyot  tariqasida  faollashadi,  mustahkamlanadi  hamda  baholash,  qarorga  kelish,  tanlash,  ijro  etish 
(bajarish)  jarayonlariga  ta’sir  qilib,  umumiy  hamkorlik  tizimida  o‘z  izini  qoldiradi.  Javobgarlik  hissi 
shaxs  ma’naviyati,  ruhiyati,  qadriyati  namoyon  bo‘lishi,  kechishi,  takomillashishi  bosqichlarining 
boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini bajaradi. 
 
 
Irodaviy  akt  (irodaviy  harakat)da  uni  motivlashtirishning  barcha  uchto  tomoni  faollik  manbai,  uning 
yo'nalganligi  va  o'z-o'zini  boshqarish  vositalari  namoyish  qilingandir.  Irodaviy  aktning  bo'g'inlari. 
Irodaviy  harakatlar  sababli  har  doim  ozmiko'pmi  darajada  anglanilgan  xarakterda  bo'ladi.  U  yoki  bu 
ehtiyojning  qanchalik  anglanilganligiga  bog'liq  holda  intilish  va  istakni  ham  farq  qilsa  bo'ladi.  Intilish 
ham  differensiyalashmagan,  yetarli  darajada  anglanilmagan  extiyojdan  iborat  faoliyat  motivi.  Istak 
faoliyatinning  motivi  sifatida  extiyojning  yetarli  darajada  tushunib  yetilganligi  bilan  xarakterlanadi. 
Bunda  faqat  extiyoj  ob'yekti  emas,  balki  uni  qondirishning  mumkin  bo'lgan  yo'llari  ham  tushunib 
yetiladi.  Faoliyatning  butun  sabablari  kishining  yashash  sharoitlarini  aks  ettirish  va  uning  extiyojlarini 
fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, 
boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati 
bilan  motivlar  kurashi  paydo  bo'ladi,  bir  istak  boshqa  istakka  qarama-qarshi  qo'yiladi.  Muhokama  va 
motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. 
Paydo  bo'lgan  qarorni  muntazam  ravishda  bajarmaslik  irodasi  kuchsizligini  ko'rsatadi.  Irodaviyxatti-
harakatning  so'nggi  jihati  ijrodir.  Unda  qaror  harakatga  aylanadi.  Ijroda,  irodaviy  xatti-harakatda  yoki 
ishlarda  kishi  irodasi  namoyon  bo'ladi.  Kishining  irodasi  haqida  birgina  Yuksak  g'oyaviy  motivlarga 
qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish