Umumiy psixologiya” fanidan Mavzu: “O’spirinlarda qobilyatlar rivojlanganligining psixologik xususiyatlari” kurs ishi bajardi


Ilk o’spirinlik davrida qobilyatlarning rivojlanish xususiyatlari



Download 278 Kb.
bet8/10
Sana28.06.2022
Hajmi278 Kb.
#717023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shahobiddinova Dilafruz Fazliddin qizi. kurs ishi

2.2. Ilk o’spirinlik davrida qobilyatlarning rivojlanish xususiyatlari.

Ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni taxlil etishga va bu masala bo’yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi. Bu yoshdagi o’spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor echimlar, ma’lumotlar emas, balki shu echim va ma’lumotlarni o’zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o’zi ko’proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo’yicha bahs va munozaralar yuritishga va o’zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o’spirinlar to’la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo’ladilar, nazariy fikr yuritib, o’zlarini-o’zlari tagxlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o’z munosabatlarini bildira oladilar. O’spirinlik davrida bolalar juda ko’p ilmiy tushunchalarni o’zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni engishda foydalana oladilar. O’spirinning o’z-o’zini anglashi o’quv, mehnat va muloqot motivasiyalarini o’zgarishida o’z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.


O’spirinlik yoshi o’kish, mehnat, muloqot singari etakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O’spirinlik davriga kelib, juda ko’p bolalarda o’z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo’ladi. SHuningdek, o’z-o’zini boshqarish ham o’spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
O’spirinning o’quv mashg`ulotiga munosabati o’z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. O’quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o’zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o’quvchilarning o’kishga munosabati qam o’zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo’la boshlaydilar. O’spirin o’quvchilarning o’quv fanlariga munosabatlari quyidagi holatlarga bog`liqdir:
1. Fanning dunyoqarashdagi roliga.
2. Fanning bilishdagi ahamiyatiga.
3. Fanning ijtimoiy ahamiyatiga.
4. Fanning amaliy ahamiyatiga.
5. Fanning o’zlashtirish darajasiga.
6. Fanning o’zlashtirish uslubiyotiga.
O’spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko’lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O’spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo’li sifatida ta’lim jarayonida etakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada o’spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o’quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi.
O’spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o’qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishishga o’rganib boradi. O’spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o’spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik to’g`risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o’zaro bog`lanish va munosabatlari o’spirinning fikrlash faoliyatida to’liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog`liq bo’ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o’spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi, bu vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
Ayrim kiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo’lib, o’quv materiallarini o’zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, qodisa va faktlarni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o’qish faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda o’stirib borish kerak.
Ta’limda onglilik o’quvchining yuqori darajasidagi faolligi bilan ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat ko’rsatib o’zlashtirganda, o’quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qo’llashga ham o’rganadilar. O’quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar va hodisalarni mustag`il ravishda ilmiy tag`lil qilish va ularga baho berish usullarini maxsus o’rgatish muhim va zarurdir. Bu o’rinda o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to’g`ri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish lozim. O’spirinlarning aqliy jiqatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli kattadir.
O’spirin adabiy asarlarni o’qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga kirishishga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil o’ylashi, to’g`ri hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir.
O’spirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning aynan o’zginasidir. Turmushda uchraydigan noo’rin tanqidiylik esa o’spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko’tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtai-nazardan qarashni o’rgatishdan iborat. O’spirinlarda moddiy dunyo to’g`risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishta, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. qodisalar to’qrisida qukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
O’spirinning qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. qobiliyatning o’sishi bilimlar, ko’nikmalar, malakalarning sifatiga bog`liq bo’lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo’shilib ketadi. Demak, maktabda o’tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg`ulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari o’spirinlar o’zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi.
Bularning barchasi ilmiy-nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak atrofdagi vokelikning umumiy qonuniyatlarini o’sishiga, aqliy imkoniyatlarining vujudga kelishiga, tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglashiga muhim shart-sharoit yaratadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdi-ki, o’smirlik yoshida o’quvchilar ag`liy faoliyatining omillari va usullari bilan qurollangan bo’ladilar.
SHunga ko’ra gar kim qobiliyatiga yarasha kasb-qunar tanlasa, bu sohada muvaffag`iyatli meqnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim qissa qo’shgan bo’ladi. O’spirinlar u yoki bu kasbni o’z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustag`illik, dadillik, qat’iylik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy xislatlarga ega bo’lishlari kerak. Meqnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, mag`sadning aniqligi, qunar o’rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’spirinlar aqliy rivojlanishda tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni to’g`ri rejalashtirish mumkin emas. O’spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo’lsagina, u o’z qayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko’ra uzoq va yaqin rejalarini tuzadi.
Hozirgi yigit va qizlarni 30-40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari nag`adar o’sganligini ko’rish mumkin.
O’spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko’pqirralidir. O’spirinlarning qiziqishlari aksariyat qollarda o’zi tanlagan kasb va yo’nalish shuningdek, qayotiy rejalariga asoslangandir. O’spirinlik yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog`onaga ko’tarila boshlaydi. Bu esa o’spirinning tashki olamni tushunishiga, baholashiga bo’lgan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi.
O’spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir.
Ma’lum bir kasbda faoliyat ko’rsatishni boshlayotgan o’spirin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor bo’lishi kerak.
O’smirlik davrining oxirlari va o’spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanadi. Bu ko’nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to’g`ridan-to’g`ri bog`liq.
Har qanday kasbiy ko’nikma va malakalarning o’sishi, avvalo, o’spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bog`liq. SHuning uchun ham bu davrdagi o’spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalarga uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham juda muhim, lekin u etakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo’nalishlari bo’yicha mashg`ul bo’lmagan o’spirinlargina ko’proq tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug`ullana oladilar. Ilk o’spirinlik davrini kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin. O’zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto’g`ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o’spirinlar o’z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emosional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Qobiliyat deb odamning ma'lum bir ish yoki harakatlarni boshqa odamlarga nisbatan osonlik va chaqqonlik bilan bajara olish layoqatiga aytiladi.
Kishilarda rivoj topib, ularning qobiliyatlarida namoyon bo’lgan tug`ma xususiyatlar iste’dod deb ataladi. Har bir odam bir qancha layoqatlar bilan tug`iladi. Lekin tug’ma layoqatlar hali kamolotga yetgan qobiliyat emas. Layoqatlar odamlardagi tug’ma imkoniyatlardir.
Odatda umumiy va maxsus qobiliyatlar farqlanadi. Odam umumiy qobiliyatlarga ega bo`lganda faoliyatning har xil turlari bilan deyarli qiynalmay shug`ullana oladi. Bunday o`quvchilar tabiat fanlarini ham. gumanitar fanlarini ham yaxshi o`zlashtiradilar,
Maxsus qobiliyatga ega bo’lgan odam qandaydir aniq narsa bilan muvaffaqiyatli shug'ullana oladi. Bog`cha yoshida bilish, ba'zi bir maxsus va amaliy qobiliyatlar rivojlanadi.
Qobiliyatning rivojlanishi tashqi va ichki sharoitlarning o’zaro aloqalari orqali belgilanadi. Rubinshteyn aytganidek, qobiliyat spiralsimon tarzda rivojlanadi: bir ko`rinishdagi qobiliyatlar keyingi rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi, natijada yana ham yuqori darajadagi qobiliyatlar rivojlanadi.
O’rab turgan olam bilan bog`liq bilish qobiliyatlari o`z ichiga sensor qobiliyatlarni (predmetlarni va tashqi vositalarni idrok qilish) kabi intellektual, bilimlarni oson va mahsuldor o’zlashtirish, predmetlarning tabiatini va tevarak-atrofdagi hodisalar haqida ma’lumotlarni anglash jarayonida rivojlanadi.
Ko’pgina psixologlarning tadqiqotlari bilish qobiliyatlarining ancha erta paydo bo’lishi haqida ma'lumot beradi. Ularning miqdori predmetlarning o`ziga hos tomonlarini anglay olish, qiyin vaziyatlarni hal qilish qobiliyati, kuzatuvchanlik, ongining ijodkorligi va originalligini belgilaydi. Leytes umumiy aqliy qobiliyatlarning rivojlanishida faollik va o`zini boshqarish xususiyatlari katta ahmiyatga ega deydi.
Hayratlanarli aqliy faollik, aqliy yuklamaga chanqoqlik intellektual jihatdan rivojlanishda ilgarilab ketayotgan bolalarning xarakteristikasidir. Bog`cha yosh davrida bevosita bilishning shakllaridan bo`lgan sersor etajonlarni va ko`rgazmali-fazoviy moddiyashtirishni uddalay olish kabi xususiyatlar yuzaga kela boshlaydi.
Kichik bog‘cha yosh davridayoq bolalarda modellashtirish shakllangan, o`rnini to’ldirish harakatlari — ularning keyingi rivojlanishi mazmunli yoki o`rnini egallovchi ob'ekt bilan aloqasi mavjud almashinish shakllari bilan bog’liq. Sensor etajonlar va fazoviy modellar bilan harakatlarni egallashga yo’naltirilgan ta’lim bilish qobiliyatlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi. Amaliy faoliyatli qobiliyatlar inson hayotida katta ahamiyatga Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol o`ynaydi. Ularni ilk bolalik davrining so’ngida kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilik qobiliyatining paydo bo`lishi muloqotchanlik va guruhdagi faoliyatning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Konstruktiv amaliy qobiliyatlar bog`cha yosh davrida yaxshi rivojlanadi.
Ko’pincha bolalar tomonidan ushbu tipdagi konstruktorlash jarayonida yaratilgan qurilmalar o’zlarining faoliyatlarida foydalanish uchun qo’l keladi (qurilgan kema sayohatga jo`naydi, uychalariga nafaqat qo’girchoq sig’adi, balki o`zlari ham joylashadilar).
Qurilmalarni yaratish uchun maxsus qurilish vositalaridan ham foydalaniladi (masalan, taxtachalar, yog‘och, faner va kartondan yasalgan qutilar va h z.). Ushbu konstruktorlash tipi nafaqat bog`cha bolasining konstruktorlash qobiliyatini, balki muloqotning zarur malakalari, axloqiy sifatlarning faol shakllanishini ta’minlaydi. Bolalar o`zaro rejalashtirilgan harakatlari jarayonida maslahatlashish, tashabbus ko`rsatish, o`z takliflarini inobatga oldirish, yonbosish, bir-biriga yordam berish, umumiy yutuqdan zavqlanishni o`rganadilar.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish