Umumiy psixologiya fanidan 2-kurslar uchun O`quv-uslubiy majmua


O‘qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo‘lishi



Download 1,62 Mb.
bet134/159
Sana26.05.2022
Hajmi1,62 Mb.
#610298
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159
Bog'liq
Majmuam PSIXOLOGIYA. (Автосохраненный) 1

11.7. O‘qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo‘lishi.
O‘qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo‘lishi o‘quvchi shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilib, unga o‘xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko‘pincha tushunib etmasdan qiladi, ikkinchidan o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u hali shaxsning namoyon bo‘lishini tahlil qilishga va shaxsning barqaror hislatlarini anglab etishga qodir emas. O‘smir va katta maktab Yoshidagi o‘quvchi ko‘pchilik hollarda namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar. O‘smir o‘zini katta deb hisoblay boshlagandan e’tiboran kattalarning xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning uchun unda tevarak-atrofdagi kishilarning, ayniqsa, o‘ziga eng yaqin va o‘zi uchun eng obro‘li kishilarning xatti-harakatiga qiziqish hamda e’tibor berish yuzaga keladi. O‘qituvchi qanchalik obro‘li bo‘lsa, uning e’tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o‘quvchilarga shunchalik ko‘p ta’sir qiladigan bo‘ladi. O‘smir kattalarning biror hislatlariga taqlid qilayotib, ko‘pincha bu hislatlarni shunchalik ilib olish bilan birga, ularning salbiy hislatlari va xatti-harakatlarini ham o‘ziga singdirib oladi. Agar o‘qituvchi muayyan maqsadni ko‘zlaydigan va matonatli, o‘z burchini qat’iyat bilan bajaradigan bo‘lsa, xuddi shu narsalarni o‘z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo‘ladi. Aksincha, o‘qituvchining tajangligi, qo‘polligi, o‘zini qo‘lga ola olmasligi, manmanligi o‘quvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.O‘quvchilar va ota-onalar ba’zan tarbiyaviy ishlarda o‘zlarining shaxsan namuna ko‘rsatishlarining ta’siriga etarlicha baho bermaydilar. Holbuki, ularning qilayotgan ishlari, o‘zlarini qanday tutishlari ularning aytgan gaplariga, o‘rgatgan narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri xatti-harakatlarda amaliy tajribani uyushtirish, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, shaxsni tarbiyalashda muhim, asosiy omildir. Tarbiyachi o‘quvchilarda xatti-harakatlarning shunday shakl va usullarini tarkib toptirmog‘i kerakki, bu shakl va usullarda tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida yuzaga keladigan o‘quvchi e’tiqodlari amalga oshsin. Xatti-harakatlarning aytib o‘tilgan shakllari motivlarni, o‘quvchining ehtiyoj va munosabatlarini "moddiylashtirish" ifodasi, vositasi, shakliga aylanib qolgandagina barqaror omilga aylanib mustahkamlanadi. A.S.Makarenko xuddi ana shu ma’noda "xulq-atvor gimnastikasi" to‘g‘ri xatti-harakatlarni mashk qilishni uyushtirish zarurligi to‘g‘risida gapirgan edi.Axloqiy xatti-harakatlarni mashq qilish – bu turli variantlardagi xatti-harakatlarni aslida bir-biriga o‘xshash vaziyatlarda uyushgan va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda takrorlashdir. Faqat ana shunday qilingandagina xatti-harakatlarning barqaror va ayni vaqtda umumlashgan shakllari tarkib topadi. Sun’iy mashqlar emas, balki o‘quvchi hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlari nazarda tutiladi, albatta.O‘smirlik Yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili – o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. O‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs hislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atordagi kamchiliklarga salbiy hislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, - degan edi I.P.Pavlov.
Agar o‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan intilishni kattalar, jamoa etarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda o‘quvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalashda) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar qilishi mumkin.O‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va Yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinligining e’tiborga tutilishi:
- milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
- talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli talabalar Yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin.
Demak, pedagog jamiyat hayotida etakchi o‘rin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mehnatini natijalari yotadi. Pedagoglarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integratsiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e’tiborga olish kabilar kuchli bo‘lishi kerak. Yuksak saviyali, zo‘r mahoratli tarbiyachilargina xalk orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. A. Avloniy aytganlaridek: "Ilm insonlarning madori, hayoti, porlok kelajagi, rahbari, najotiga aylangan". Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun avvalam bor ilmli, tarbiyali bo‘lmoq har bir Yosh insonning burchi. Shu maqsadda ko‘nglida eng oliy orzularni jamlab, pedagog ter to‘kib ishlaydi. Ularning mehnatini hurmat qilib, bergan bilimlarni egallamoq kerak.Ibn Sino ta’kidlaganidek: "Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil".Pedagogning pedagogik faoliyatining samaraga ega bo‘lmog‘i uchun ko‘p jihatdan shaxs xususiyatlarining shakllanganligi, shaxs yo‘nalishini aniqlanganligini va kasbiy mahoratning tarkib topganligi bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitning murakkab tus olishi yoki ta’lim tizimiga nisbatan yangi talablarning yuzaga kelishi pedagoglarning o‘z faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishga hamda izchil, aql-zakovatni ishga solgan holda ish tutishni taqozo etmokda. Bu bir tomondan davr talabi ekanini, ikkinchi tomondan shart-sharoitga nisbatan tub burilish hosil qilish yoki shaxs faoliyatini yo‘naltirishda yangicha munosabatda ish tutish talab etiladi. Chunki mamlakat ravnaqini ta’minlashda kasbiy ta’lim tizimida ijobiy o‘zgarishlarning kiritilishi pedagogik xodimlarning psixologiyasida burilish yasashlik bilan belgilanadi. Pedagogning talabani ichki dunyosini tushunish boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatish, talabaga faol ta’sir o‘tkazish, hamma bilan til topishib ketish, vazminlik, odamlarni ishontirish qobiliyati, bosiqlik va o‘zini tuta bilish, talabchanlik, qat’iylik, g‘ayratlilik, chidamlilik, rahbarlik va tashkilotchilik, o‘zi va boshqalarning xulqini boshqarish, mustaqil va ijodiy fikrlashi muhimdir. Ko‘p hollarda talabalar shaxsini rivojlantirishda aniq bir mezon o‘lchovini belgilab olmaydilar. Shu sababli ham pedagog talabalarga kasbiy mahoratini tarkib topishida qiynaladilar. Har kanday holatda ham faoliyat yo‘nalishini aks ettiruvchi mezon bo‘lishi kerakdir. Bu mezon pedagog faoliyatini doimo o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatini to‘ldiradi va uning samaradorligini ta’minlaydi. Pedagog shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga, so‘zlash madaniyatiga, yuksak odob axloqli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, pedagog o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berishi kerak, toza-ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy ma’lumotli, chuqur bilim egasi o‘zining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, o‘z shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, talabalarga aziz, do‘st, sirdosh, maktab, kollejning fidokor xodimi bo‘lmog‘i lozimdir.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish