Umumiy psixologiya fanidan 2-kurslar uchun O`quv-uslubiy majmua


Psixik rivojlanish qonuniyatlari



Download 1,62 Mb.
bet11/159
Sana26.05.2022
Hajmi1,62 Mb.
#610298
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159
Bog'liq
Majmuam PSIXOLOGIYA. (Автосохраненный) 1

Psixik rivojlanish qonuniyatlari.
Psixik rivojlanishda muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xosligi hayot sharoitiga, faoliyat va tarbiyaga bog‘liq. Psixik taraqqiyotning quyidagi qonuniyatlarini farqlash mumkin:Psixik rivojlanishning notekisligi. Har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, fuksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to‘xtab qolmaydi. Bolaning rivojlanishidagi ayrim davrlarda psixikaning u yoki bu yo‘nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo‘ladi va ularning ba’zilari vaqtinchalik, o‘tkinchi xarakterda bo‘ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan Yosh davrlari senzitiv davr deyiladi. (L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev).Masalan; 1 yoshdan 5 yoshgacha nutqning rivojlanishi, kichik maktab Yoshida o‘qituvchining so‘zi, 15-20 yosh matematik tafakkur rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.Psixikaning integratsiyasi qonuni. Inson psixikasi o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustahkamlik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta boradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli fragmentar psixik holatning kichik bir sistemaga uyushtirilganidan iboratdir. Psixik rivojlanish psixik holatning asta-sekin o‘sib, shaxs xislatlariga aylanishini anglatadi.Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati. I.P. Pavlov faqatgina tegishli ta’sir ko‘rsatilsa, hamma narsani yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini ta’kidlab, nerv plastikligini ko‘rsatib o‘tgan. Ta’lim-tarbiya sharoitida bolaning psixikasini maqsadga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati nerv sistemasining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya uchun ham yo‘l ochib beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun testlar:
1. Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi? a)kuzatish va eksperiment, sotsiometriya; b)komleks, longityud, taqqoslash; c)sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish; d)uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim. 2. V.Shtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?a) psixik rivojlanishda irsiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; b) psixik rivojlanishda ijtimoiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; c) psixik rivojlanishda shaxs faolligi hal qiluvchi ahamiyatga ega; d) psixik rivojlanishda irsiy va ijtimoiy omilning o‘zaro yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 3. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
a) mustaqil bajara oladigan amallar; b) umuman bajara olmaydigan amallar;
c) kattalar yordamida bajara oladigan amallar; d) bajarishni xohlamaydigan amallar.
4. Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?a) ilk bolalik, kichik maktab yoshi;
b) maktabgacha yosh davri, o‘smirlik; c) o‘smirlik, o‘spirinlik; d) go‘daklik, o‘smirlik.
5. Hozirda fanda ma’lum yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?a) tug‘ilish davri inqirozi; b) jinsiy yetilish davri inqirozi;
c) 3 yosh inqirozi; d) 7 yosh inqirozi.
6. Quyidagi yosh davrining qaysilarida o‘qish yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
a) ilk bolalik; b) maktabgacha yosh davri; c) kichik maktab yoshi; d) o‘smirlik.
7. Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi yosh davrida etakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi?
a) go‘daklik davri;
b) ilk bolalik davri;
c) maktabgacha Yosh davri;
d) kichik maktab Yoshi.
8. Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o‘yinning qaysi turi paydo bo‘ladi?
a) qoidali o‘yin;
b) predmetli o‘yin;
c) rolli o‘yin;
d) barcha o‘yin turlari bir vaqtda paydo bo‘ladi.
9. Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?
a) chaqaloqlik;
b) go‘daklik davri;
c) ilk bolalik davri;
d) maktabgacha yosh davri.
10. Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni o‘z vazifasiga muvofiq qo‘llay boshlaydi?
a) ilk bolalik davri;
b) chaqaloqlik davri;
c) go‘daklik davri;
d) maktabgacha yosh davri.
Asosiy va qo`shimcha o`quv adabiyotlar hamda axborot manbalar

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish