56.“Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi? a) bola ixtiyoriy xotirasining kuchsizligi; b) bola mantiqiy hotirasining etarlicha rivojlanmaganligi; c) katta odam o‘z hayotining ilk 3-4 yili davomidagi hodisalarni eslay olmasligi; d) katta odam xotirasidagi buzulishlarning bolalikdan boshlanishi.
57.Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha Etukdan namoyon bo‘ladi? a) 1 Etuk; b) 3 Etuk; c) 5 Etuk; d) 7 Etuk.
58.Quydagi olimlarning qaysi biri o‘yin faoliyatining inson psixik rivojlanishidagi ahamiyatini chuqur o‘rganib, “O‘yin psixologiyasi” asarini yozgan? a) K.D.Ushinskiy; b) U.Djeyms; c) Z.Freyd; d) D.B.Elkonin.
59.Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o‘yinning qaysi turi paydo bo‘ladi? a) qoydali o‘yin; b) predmetli o‘yin; c) rolli o‘yin; d) barcha o‘yin turlari bir vaqtda paydo bo‘ladi.
60.Qoydali o‘yinlar qanday psixologik xususiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi? a) odatlar; b) qiziqishlar; c) dunyoqarash; d) irodaviy sifatlar.
61.Maktabgacha Etuk davrida bolalar narsa-buyum shakli o‘zgarganda ham uning miqdori saqlanib qolishi qonuniyatini hali tushunmasliklarini eksperimental isbotlagan mashhur olim kim? a) D.B.Elkonin; b) Z.Freyd; c) M.I.Lisina; d) J.Piaje.
62.Maktabgacha Etukdagi bolaning uzoq vaqt o‘ziga unchalik qiziq bo‘lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta’limiga qaysi jihatdan tayyorligini ko‘rsatadi? a) emotsional; b) motivatsion; c) intellektual; d) ijtimoiy.
63.Maktabgacha Etuk davri oxiriga kelib, bola tafakkurida quyida keltirilgan o‘zgarishlarning qaysilari ro‘y beradi? a) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi; b) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; c) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; d) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi.
64.Maktabgacha Etuk davrida bola shaxsida ro‘y beruvchi eng muhim o‘zgarish qaysi? a) qadriyatlar tizimining shakllanishi; b) hissiyotlarni boshqarish qobiliyatining shakllanishi; c) motivlarni bir-biriga bo‘ysundira olish qobiliyatining shakllanishi; d) o‘z-o‘ziga haqqoniy baho berish qobiliyatining shakllanishi.
65.Bolaning ichki va tashqi hayotida differensiatsiya boshlanib, uning xulq-atvorida soddalik va soddadillikning keskin kamayishi taxminan qaysi Etukga to‘g‘ri keladi? a) 3-4 Etuk; b) 4-5 Etuk; c) 5-6 Etuk; d) 6-7 Etuk.
66.Qaysi Etuk davridan bola emotsiyalar ambivalentligi hodisasining mavjudligini tushuna boshlaydi? a) ilk bolalik davri; b) o‘smirlik davri; c) kichik maktab Etuki davri; d) maktabgacha Etuk davri.
67.Maktab ta’limiga motivatsion jihatdan tayyor bo‘lmagan bolani maktab avvalo nimasi bilan qiziqtiradi? a) yangi narsalarni o‘qib o‘rganib olish imkoniyati bilan; b) o‘quvchilik asbob-anjomlariga ega bo‘lish imkoniyati bilan; c) o‘quvchilarga xos kiyim-bosh kiyish imkoniyati bilan; d) b va s javoblar to‘g‘ri.