44.Psixik rivojlanish davomida ro‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa qaysi Etuk bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi?
a) maktabgacha Etuk davri; b) tug‘ilish davri inqirozi; c) ilk bolalik; d) go‘daklik.
45.Bolada nutqning rivojlanishi “so‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta so‘zda ifodalanadigan davr taxminan qaysi Etuk oralig‘iga to‘g‘ri keladi?
a) 6 oy-1 Etuk; b) 1-1,5 Etuk; c) 1,5-2 Etuk; d) 2-2,5 Etuk.
46.Ikki Etukga etgan bolaning faol so‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta so‘zni o‘z ichiga oladi?
a) 10-20 ta; b) 50-100 ta; c) 200-300 ta; d) 500-1000 ta.
47.Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 Etukdan boshlab kuzatilishi mumkin?
a) ovoz ohangini farqlay olish; b) onani boshqa odamlardan farqlay bilish; c) muloqotda so‘z-gaplardan foydalana boshlash; d) biror narsa-buyumga nisbatan bir necha xil so‘zni ishlata olish.
48.Psixologiyada “tirilish kompleksi” sifatida ta’riflanadigan hodisa boladagi qanday ehtiyojning ifodasi deb tushuniladi?
a) oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; b) kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj; c) bilishga bo‘lgan ehtiyoj; d) yolg‘iz qolishga bo‘lgan ehtiyoj.
49.Yig‘layotgan bolaning uzoqdan onasi ovozini eshitgach yig‘idan to‘xtashni boshlaydigan davr psixologiyada qanday nom bilan yuritiladi?
a) “xaloskor ona”; b) “umidning tug‘ilishi”; c) “yig‘ining najotkor tili”; d) “masofaviy murojaat”.
50.Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bo‘lgan ehtiyojining etarlicha qondirilmasligi psixologiyada qanday ataladi?
a) sensor deprivatsiya; b) kognitiv deprivatsiya; c) emotsional deprivatsiya; d) sotsial deprivatsiya.
51.Bolada o‘zini-o‘zi boshqarishning dastlabki elementlari taxminan qachondan shakllana boshlaydi?
a) 1 Etuk; b) 2 Etuk; c) 4 Etuk; d) 5 Etuk.
52.Bola psixik rivojlanishining ilk bosqichlarida kuzatiladigan ikki xil tabassum – spontan va ijtimoiy tabassumning xususiyatlari haqidagi quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri?
a) spontan tabassum ijtimoiy tabassumdan avval paydo bo‘ladi; b) ijtimoiy tabassumning paydo bo‘lishi chaqaloqlik davrining tugayotganini anglatadi; c) spontan tabassum muayyan fiziologik ehtiyojlarning qondirilishiga nisbatan, ijtimoiy tabassum ona ovoziga nisbatan yuzaga keladi; d) barcha javoblar to‘g‘ri.
53.Gospitalizm sindromi – onadan juda erta ajralishi natijasida bolaning psixik rivojlanishida patologik holatlarning yuzaga kelishi hodisasi ilk bor qaysi olim tomonidan nisbatan to‘liq tavsiflangan?
a) R.Spits; b) G.Xarlou; c) Dj.Boulbi; d) A.Maslou.
54.Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e’tibor qaratadi?
a) faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish) larga; b) faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta’qiq) larga; c) ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga; d) yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga.
55.Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga to‘g‘ri keladi?
a) onaning emotsional holatidagi o‘zgarishga nisbatan o‘z affektiv holati bilan javob qaytarish ; b) boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash; c) nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi; d) narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |