UMUMIY PISIXOLOGIYA, PSIXIK KASALIKLARNING SIMPTOMIKASI
IDROK (HIS) ETISH VA TASSAVURNING BUZILISHI
Aslini olganda insonning anglash faoliyatinng biror xilda buzilishisiz kechadigan hech qanday psixik kasallik yo’q. Bunday o’zgarishlar idrok etish va fikirlash, tasavur qilishning oqimi va birligi prosesslarning yoki nihoyat xotiraning buzilishi bilan namoyan bo’ladi.
IDROK (HIS) ETISH VA TASSAVURNING BUZILISHI
Umumiy ma’lumotlar.
Bizning ongimizdan tashqarida obektiv mavjud bo’lgan borliqning miyamizda aks etish prosessi sezishdan boshlanadi. Atrofimizni o’rab olgan muhitdagi obektivlar miyada bevosita ta’sir etmasdan, balki pereferik va ichki pesepsiyalar orqali tasir qiladi. Sezgilar-shunday oddiy psixik fenomenlarki, ular tashqi dunyo obektlari sezgi nerflarining uchlarini qatiqlanishi natijasida bosh miya po’stlog’ining analizatorlarida yuzaga keladi. Sezgi- anglash faoliyatining boshlang’ich bosqichidir. Ular oddiy, chunki narsalarni bir butunligicha emas, balki ularning ayrim xususiyatlarini aks ettiradi:masalan, oq-qora, qattiq-yumshoq, silliq-g’adiir-budir. Bunday xususiyyatlar juda keng tarqalgan bo’lib, obektni to’la tariflamaydi: qar xam, bo’r xam, qog’oz xam oq bulishi mumkun. Modamiki shunday ekan,”oq narsa” deganimizda biz oddiy ko’rish sezgimizga asoslangan holda uning xususiyatlaridan birini ko’rsatamiz xolos.
Lekin obektiv borliqni aks etirish jarayoni, dastlabki bosqich sezish bilan tugallanmaydi. Inson narsalar, obektlar, buyumlarning faqat ayrim xususiyatlarinigina emas, balki ularni butun borlig’icha xis etadi. Psixik faoliyatining bunday xodisasi shu bilan ifodalanadiki, odam bilish prosesida xodisalarning yig’indisini ularning yaxlit realligida aks ettiradi xususiyatlari haqida xulosa chiqarmay, balki umumiy narsalarning o’zi xaqida xulosa chiqaradi, bu hol idrok (his) etish deb ataladi. Bo’r, qand, qor, qag’oz va atrofimizdagi biz ko’rayotgan, eshtayotgan va sezyotgan barcha narsalar bizning bizning tashqi muhit obektini his etish aks etirishimizdir. His etish sezgilarining yig’indisi, ularning qandaydir kompleksti degan degan tushuncha tug’ilishi mumkin. Bunday tushunish notog’ri. His etish sezgilarining mexanik konglomerati (yig’indisi) emas, balki anglash faoliyatining yanada yuksak bosqichidir. Tushunarliki bir butunligicha idrok etilayotgan buyum yoki narsaning aloxida xususiyatlarini xam idrok etamiz. Biroq bu xususiyatlar mexanik ravishta tashkil topmay, balki bir-biri bilan real obektining bitta yaxlit idrok etilishiga bog’lanadi.
Idrok etish obektlari bosh miyada asar qoldirgan xolda tasir kursatadi. Ilgari idrok etilgan ana shu obektlarning xar biridan bizda biror darajada yorqin tasavvur qoladi. Biz uchrstgan odamning chexrasi eshitilgan kuy sadosi uchratilgan odam kelgach, kuy tugagach fikran takrorlanishi mumkin va hakazo.Bularning hammsi individual konkret tassavur buladi shundan qilib ular ilgari bevosita aks etgan obektiv mavjud realikning o’rnashib qolgan idrok etilishi xisoblanadi.
Bola psixik rivoj topayotgan bosqichlarda tasavvurlar xali oz va kam differenalashgan bo’ladi, biroq nutq rivojlana borgani sayin tasavvurlar dunyosi asta-sekin boyib boradi va katta odamda idrok etish mumkin bo’lgan atrofdagi (borliqni) qamrab oladi. Nutq o’sa borgan sayin
Do'stlaringiz bilan baham: |