# Tarbiya nazariyasi qanday masalalarini o’rganadi.
+ Pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi
|
# Pedagogika fanining ob’yekti – bu…
|
+ Yaxlit pedagogik jarayon
|
# Pedagogika fanining vazifalarini belgilang.
|
+ Analitik, prognostik, tashkiliy, metodologik
|
# Pedagogika fanining analitik vazifalarini aniqlang.
|
+ Ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab oqibat aloqadorligini o’rganish; pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash
|
# Pedagogika fanining prognostik vazifalarini aniqlang.
|
+ Ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
|
# Pedagogika fanining tashkiliy vazifalarini aniqlang.
|
+ Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish; pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy metodik ta’minotini yaratish
|
|