31- Mavzu: Umurtqali hayvonlar sistematikasi bilan tanishamiz
Biologiya fanida o`zaro o`xshashligi va qarindoshligiga asoslangan holda
organizmlarni alohida guruhlar – taksonlarga ajratib o`rganiladi. Hayvonlarni
taksonlarga ajratish bilan sistematika fani shug`ullanadi. Hayvonlar
4
sistematikasidagi asosiy taksonlar: dunyo, kenja dunyo, bo`lim, tip, sinf, turkum,
oila va turdan iborat. Ular orasida tur eng kichik, dunyo eng yirik takson
hisoblanadi. Bitta turga kiruvchi hayvonlarning tuzilishi va hayot tarzi bir – biriga
o`xshash bo`lib, umumiy arealni egallaydi. Muayyan tur o`zining morfologik,
fiziologik, ekologik, irsiy xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir
turning individlari o`zaro erkin chatishadi va ularning nasli serpusht bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |