Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet763/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   759   760   761   762   763   764   765   766   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

514

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

Uchinchi  toifadagi  o‘quvchilar—ota-onalarining  har  ikkisi  ham  maktabda  past 

bahoga  o‘qigan,  moddiy  tarafdan  farzandining  yaxshi  o‘qishi  uchun  barcha  sharoitni 

yaratib  bersalar-da,  dars  tayyorlashlarida  yordam  bera  olmaydilar.  Bu  toifadagi 

o‘quvchilarga  ma’lumotlarni  to‘liq  tushuntiriladi.  Ma’lumot  yuzasidan  berilgan 

topshiriqlarning bajarilishini o‘qituvchi ko‘rsatib beradi. Shunga o‘xshash topshiriqlarni 

o‘quvchi  bilan  birgalikda  ya’ni  individual  ishlaydi.  Berilgan  ma’lumotdan  hayotda 

qayerlarda, qanday hollarda va vaziyatlarda qo‘llanilishiga o‘qituvchi misollar keltiradi, 

amalda ko‘rsatadi va o‘quvchi shundagina misollarni tasavvur qilish orqali yodda saqlab 

qolgan  holda  hayotda  qo‘llaydi.  Bu  o‘quvchilarga  o‘qituvchi  o‘z  zimmasidagi  vazifa 

darajasida sarflaydigan energiyaga nisbatan 3-4 baravar ko‘p energiya sarflaydi. 

Sinfdagi o‘quvchilarning shartli ravishda 35 % ini birinchi toifadagi o‘quvchilar, 

45 % ini ikkinchi toifadagi o‘quvchilar, 20 % ini uchinchi toifadagi o‘quvchilar tashkil 

qiladi. 


45  minutlik  oddiy  dars  jarayonidagi  o‘qituvchining  faoliyatini  tasavvur  qilib 

ko‘raylik.  Birinchi  toifadagi  o‘quvchilarning  qabul  qilish  darajasi  tezligi  bois  o‘tilgan 

mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni tushuntirish va yangi mavzuni mustahkamlash 

etaplarida  2-3  daqiqadan  bo‘sh  qolishi  yuzaga  keladi.  Bu  o‘quvchilarning  tezligi  o‘z-

o‘zidan o‘qituvchini dars etaplariga ular uchun qo‘shimcha va qiyinlik darajasi yuqori 

bo‘lgan  topshiriq  va  ma’lumotlar  tayyorlashga  majburlaydi.  Dars  jarayonida  berilgan 

qo‘shimcha  topshiriqlarni  mustaqil  bajarishlari  orqali  bu  o‘quvchilarning  bandligi 

ta’minlanadi. Ikkinchi toifadagi o‘quvchilar bilan esa me’yordagi dars etaplari bo‘yicha 

ishlanadi. Uchinchi toifadagi o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish talab etiladi. Bu 

o‘quvchilarning sekin o‘zlashtirishlari sababli 45 minut kamlik qilishini hamda shuning 

uchun past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash mashg‘ulotlarini tashkil qilinishini 

yaxshi bilamiz. Bu o‘quvchilarga uy vazifasidan tashqari uyda bajarish uchun qo‘shimcha 

topshiriq berish ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, ota-ona bilmasligini farzandi bilib 

qolishidan uyalib, vaqtim yo‘q kabi bahonalar bilan vazifa qilishiga yordamlashmaydi. 

Natijada bola qiynaladi, tushkunlikka tushadi. Yoki bo‘lmasa bajartira olmagan ota-ona 

telefon orqali o‘qituvchiga murojaat qiladi. Bu holat esa o‘qituvchining ishdan tashqari 

oila davrasidagi faoliyatiga ta’sir qiladi va har xil oilaviy  muammolar kelib chiqishiga 

sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa qo‘shimcha ishlash mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirishni 

taqozo etadi. 

O‘quvchilarni  baholashda  uchchala  toifani  mos  ravishda  3  guruhga  bo‘lib  olish 

mumkin. Shu  bilan  birga  har  bir  guruhni alohida  musobaqalashtirish  kerak.  Chunki  3-

guruhdagi  o‘quvchi  2-guruhdagi  o‘quvchiga,  2-guruhdagi  o‘quvchi  esa  1-guruh 

o‘quvchisi bilan bellasha olmasligini yaxshi biladi, tushkunlikka tushadi, topshiriqlarni 

bajarsa  ham,  taqdim  etmaydi,  yuzaki  ishtirok  etadi.  Shuning  uchun  har  doim  sinf 

o‘quvchilari  o‘rtasida  musobaqa  tashkil  qilinsa,  g‘oliblar  doskasini  birinchi  toifadagi 

o‘quvchilar  egallaydi-da,  2-va  3-toifadagi  o‘quvchilarning  ishtiyoqi  so‘nadi.  Uchchala 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   759   760   761   762   763   764   765   766   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish