430
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Topshiriq
o
o
o
o
o
Bola nega
tilla
borligini
aytdi?
Otasi
tayinlaga
ni uchun
Masxara
qilgani uchun.
Ulardan
tezroq
qutulish
uchun
Rostlikning
to‘g‘riligini
anglagani
uchun
Qo‘rqqanli
gi uchun
Topshiriq
o
o
o
o
o
Ertakdan
nimani
o‘rgandi-
ngiz?
Kattalar
so‘ziga
quloq
solishnin
g
afzalligin
i
Kishining
qandayligi
kiyimi bilan
baholanmaslig
ini
O‘zidagi
yaxshi
xislatni
raqibga
ham
yuqtira
olishni
“Boshingga
qilich kelsa
ham rost
so‘zla”
maqolining
amalini
Halollik
yaxshi
turmush
garovi
ekanligini
Topshiriqlarni javob variantini yopiq holda berish usuli orqali ham tayyorlash mumkin.
Bunda o‘quvchi o‘zlashtirilishi hisobga olinadi.
2. Mumtoz matn ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish
Bilamizki, mumtoz matnlarning aksariyati aruz vaznida yozilgan she’riy asarlardir.
O‘quvchini bunday matnlarni tahlil qilishi uchun, avvalo, ko‘nikma hosil qilish kerak.
Buning uchun, avvalo, “uy ishi”ga barmoq vaznidagi she’riy asarlarni nasriy yo‘l bilan
mazmunini yoritish kabi mustaqil vazifalar berib borilsa, gap tarkibidagi
o‘zgarishlar(inversiya)ni to‘g‘ri qabul qiladi va gaplarni odatdagi tartib bo‘yicha
joylashtira olishni o‘rganadi. Kichik-kichik tarqatmalar shaklida mustaqil bajarish uchun
qo‘shimcha mashqlar beriladi. Namuna:
MATN
MATN MAZMUNI
Yuz yil umr ko‘rsаm, yuz yil shе’r
yоzsаm,
Yuz yil tа’rifingni аytsаm muttаsil.
Bаribir, sеvgili yоr rаsmini
Chizmоqqа munоsib rаng tоpоlmаyin
Chаmаndа tеntirаb yurgаn rаssоmdаy,
Sеning tаsviringgа so‘z ахtаrаrmаn,
So‘zlаr sаrаsidаn shu bugungidаy.
Yuz yilgi shе’rimni yig‘sаlаr hаmki,
(S. Zunnunova,
Agar men yuz yil umr ko‘rib
ta’rifingni aytib yuz yil she’r yozsam
ham, sening rasmingni chizishga
munosib
rang
topa
olmasdan
chamanzorda
tentirab
yurgan
rassomga o‘xshab, tasviringni bitishga
so‘z topa olmayman. Vatanim! So‘zlar
sarasidan bitilgan yuz yilgi she’rimni
yig‘salar ham dilimdagi sevgimday
bo‘la olmaydi….. (davom ettiriladi)
431
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Bo‘lmаydi dildаgi sеvgimdаy аsil,
7-sinf, adabiyot darsligi
Ey, mеning Vаtаnim, mеning Vаtаnim
(Saida Zunninova)
Mumtoz matnni tahlil qilishda ustunni to‘rt ustunga ko‘paytiramiz, ya’ni izohtalab so‘zlar
va nasriy bayonini ham jadvalga tushirib boramiz:
Talab vodiysi
MATN
SO‘ZLAR
IZOHI
NASRIY
BAYONI
MATN MAZMUNI
Chun talab vodiysiga
qo‘ysang qadam,
Ollingda har dam kelur
yuz ming alam.
Har dam anda yuz
malolat yuzlanur,
Har nafas ming sa’b
holat yuzlanur
Malolat –
malol
kelish,
og‘rinish;
Sa’b
–
o‘zga holat
Talab
vodiysiga
qadam qo‘ysang,
oldingga har dam
yuz ming dardu
alam duch keladi.
Har dam unda
yuz malollik, har
nafas ming o‘zga,
qiyin holat
yuzlanadi.
“Lisonut tayr”
asaridagi qushlar
(mazojiy) manziliga
yetishish uchun yetti
vodiydan o‘tishi shart
bo‘ladi. Bu
vodiylarning birinchisi
“Talab” vodiysidir…..
(O‘quvchida to‘liq
tushuncha bo‘lishi
uchun asarning
nasriy bayonini
o‘qish tavsiya etilsa,
bayt mazmunini
anglashi shu qadar
qulay bo‘ladi.)
(8-sinf. Ona tili darsligi. 2019. 65-mashq. 38-bet. A. Navoiy. “Lisonut-tayr” asaridan
parcha)
3. Nazorat ishlari tahlili:
a) Xatolar ustida ishlash.
Bilasizki, yozma nazorat sinovi o‘tkazilgandan so‘ng, albatta, uning tahlili uchun
qo‘shimcha bir soat ajratiladi. Negaki, aniqlangan xatolarning yo‘l qo‘yilishiga sabab
nimada ekanligini o‘rganilmasa, o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, bu kichik-kichik xatolar
e’tiborsizlik tufayli nutqiy savodxonlikda jiddiy nuqson paydo bo‘lishiga olib keladi. Eng
avvalo, o‘quvchini o‘z ishini tahlil qila olishi va o‘zga ishlar bilan qiyoslay olishi hamda
baho bera olishiga o‘rgatish lozim. Bunda ishoraviy, imloviy, uslubiy xatolarni bartaraf
etishning oddiy usuli hamkorlikda: jamoa bilan ishlash yaxshi natija beradi. Yozuv
taxtasiga yo‘l qo‘yilgan xatolar birma bir yoziladi. “Bu – meniki!” ta’limiy didaktik
432
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
o‘yini orqali guruhlar xatolarni ajrata boshlaydi. Ha, anglaganingizdek, uch guruh: tinish
ishoraviy, imloviy va uslubiy xatolarni ajratib, uni to‘g‘ri variant bilan almashtiradi. Shu
vaqtning o‘zida javobga izoh berib o‘tadi.
Imloviy
Uslubiy
Ishoraviy
tassurot
Taassurot
Sizga bormi? Sizda bormi?
-, “”, !
-, “”, !
b) Didaktik tahlil:
Yuqoridagi jadvalli tahlil savodxonlik bo‘yicha xizmat qilsa, mazmunini didaktik
tahlil qilish usuli ham o‘quvchining o‘z ishiga xolis baho berishini ta’minlaydi. Jarayonni
hamma, o‘zlashtirishi va dunyoqarashi turli, o‘quvchi uchun qulay tashkil etish
maqsadida didaktik ta’lim usullaridan biri “Chiroyli nutq sohibi”ni o‘tkazish yaxshi
samara beradi. Bunda jamoalar har bir o‘qilgan ijodiy ishga munosabat beradi va
baholaydi.
Yuqorida ko‘rilgan barcha ta’limiy usullar ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarni
qaysidir ma’noda ado etishda vosita bo‘lishiga ishonaman. Davlat ta’lim standartida
qo‘yilgan talablar: mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan –
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish kabilarni bajarishda
xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim joizki, o‘quvchining qaysi sohada faoliyat yuritishidan
qat’i nazar, birinchi navbatda, nutqiy savodxonligi mukammal darajada bo‘lishi zarur.
Ijodkorlik shakllangan bo‘lishi zarur! Bu - davr talabi! O‘z bilimini amaliyotda namoyon
etishi uchun aniq, ravon va sof nutq egasi bo‘lsinki, mamlakat taraqqiyotiga yetuk milliy
kadr sifatida xizmat qilsin! O‘zbek tilining juda katta imkoniyatlari xususida tanlagan
sohasi orqali targ‘ib qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: