55
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
takomillashtirish, innovatsion usul va vositalarini yaratish, ushbu tizimni
rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjudligini
ko‘rsatmoqda. Jahonda fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquqiy va siyosiy
madaniyatini shakllantirishning metodologik jihatlari, yuridik tabiatini tahlil etish,
shuningdek, yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish tizimi samaradorligini
ta’minlash, ularning huquqiy va siyosiy xabardorligini oshirishning ta’sirchan
mexanizmlari shakl va usullarini tadqiq etish muhim ahamiyatga molikdir.
Ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ta’siri darajasini oshirish, ularni
jamoat va davlat ishlariga keng jalb etish, turli institutlar orqali siyosiy qarorlar qabul
qilish jarayonlarida faolligini kuchaytirishning qonuniy yechimlarini topish, bu boradagi
xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish dolzarb
hisoblanadi. Respublikamiz aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlar ekanligidan kelib
chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va ularning manfaatlarini har
tomonlama huquqiy himoya qilishga alohida e’tibor berilib, qator maqsadli chora-
tadbirlar ro‘yobga chiqarilmoqda. Davlatimiz rahbari: “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi
hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib
bormoqda” , deb alohida qayd etdi. Shu bois, mamlakatimizda “mustaqil fikrlaydigan,
mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor,
shijoatli yoshlarni tarbiyalash” ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan
biri sifatida belgilangan.
Bugungi kunda Yoshlar o‘rtasida jinoyatga moyillik alomatlarining o‘sib borishi,
globalashuv jarayonlari bilan bog‘lik turli yot odatlarning yoshlar orasida ommalashuvi,
zamonaviy axborot texnologiyalarining yoshlarga salbiy ta’siri jamiyat hayotida ma’lum
muammolarning keltirib chiqarmoqda. yuqorida keltirib o‘tilgan omillar yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha pedagogika sohasida bir qator vazifalarni ko‘ymoqda.
O‘smir nima uchun jinoyatchi bo‘lib qolganligini anglab yetish uchun eng avvalo uni
qurshab olgan ijtimoiy muhit, shart-sharoit va uning o‘smir shaxsiga qanday ta’sir
etganligini tahlil qilish lozim. Ichki psixologik sabablar, salbiy shaxs sifatlar, ya’ni
noqonuniy xulq, qat’iy hayotiy maqsadlarning mavjud emasligi, tashqi salbiy muhit va
oilada tarbiyaning yaxshi emasligi o‘smirda jinoiy xulqning shakllanishiga qulay
imkoniyat yaratadi.
O‘smirlarda jinoiy xulqning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi bir qator ijtimoiy-
psixologik omillar mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
–
ota-onalar, pedagoglarning bolalar va o‘smirlarning yosh hamda individual-
psixologik xususiyatlarini hisobga olmasliklari yoki psixologik savodsizlik;
–
oilada noaxloqiy munosabatlar va nosog‘lom psixologik muhitning mavjudligi,
oilaviy nizolarning ko‘pligi hamda oilada bolaga nisbatan e’tiborning pastligi.
–
maktab jamoasining, pedagoglarning o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli,
Do'stlaringiz bilan baham: |