Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

268

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar darslikda kam 

qo‘llanadi.  Bunday  so‘zlarning  bolalar  hayoti  bilan  bog‘lik  bo‘lganlarini  ajratib  olib 

“Bilib qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar 

rivojlanib  boradi.  Grammatik  atamalar  ma’nosi  bilan  tanishtirish.  Grammatik 

atamalarning avvalo turi talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar asosida uni 

mazmuni ochiladi. So‘zlarni o‘qitish va mashqlar bajarish orqali atama ma’nosini to‘laqonli 

anglashlariga erishiladi. Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 

1.  So‘z  ma’nolarini  taqqoslash  va  ularni  sharhlash.  Bu  usul  ko‘chma  ma’noli  so‘z  va 

iboralar,  paronim  so‘zlar,  shakli  bir  xil  so‘zlar  ma’nosi,  imlosi,  talaffuzini  izohlashda 

qo‘llaniladi. Urish-urush: ikki kishining janjallashib qolishi - urish; ikki xalq, ikki davlat 

orasidagi jang - urush. Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil. 

2. So‘zlarni kuzatish usuli orqali so‘zlarning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish. 

Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining 

ma’no  nozikliklari,  imlosi,  talaffuzini  o‘rgatishda  qo‘llaniladi.  Masalan:  Gul:  guldon, 

gulchi, gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarning tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar ma’nosidagi 

farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. 

Shunday  o‘rinda  o‘qituvchi  so‘zlarni  o‘z  so‘ziga  aylantirishi  orqali  aniq  fikr  yuritishga 

o‘rganish o‘quvchining burchi ekanini aytishi lozim. 

Kuzatish  usuli  shakllari  o‘zgarayotgan  so‘zlarning  imlosin?  o‘rgatishda  ham 

qo‘llaniladi: og‘iz+im - og‘zim, singil+im — singlim, u+ga - unga. 

3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u 

ona tili  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul 

so‘zlarning  anglatayotgan  ma’nosi,  turkumi,  yasalishi,  imlosi,  uyasi  kabilarga  ajratish 

imkonini  beradi.  Guruhlash,  kuzatish  va  taqqoslash  usuli  bilan  bog‘liq.  So‘zlarni 

guruhlash  uchun  avvalo  ular  kuzatiladi,  so‘ng  taqqoslanadi.  Bu  jarayonda  ularning 

o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm- qarindoshlik bo‘yicha guruhlash: 

1.Ota urug‘i- ota, amaki, amma, dada, oppoqdada, buvi, buva. 

2.Ona urug‘i- ona, xola, tog‘a, oyi, buvi, buva. 

Sifatlarda:  a)  xususiyat  bildiruvchi  sifat:  sho‘x,  og‘ir,  bosiq,  aqlli,  aqlsiz,  hayoli,  hissiz, 

andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va h.b) ta’m  bildiruvchi sifat: shirin, 

achchiq, nordon, taxir, sho‘r, mazali, bemaza, chuchmal va }}. 

Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin. 

Ma’lum  bir  guruhdagi  so‘zlar  ro‘yxatini  tuzish  ishini  alfavit  asosida  yozdirish  ham 

mumkin. Guruhlashda quyidagn topshiriqlardan foydalanish mumkin. 

1.Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing. 

2. O‘zingiz bilgan shoir nomlari ro‘yxatini tuzing. 

3..Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing. 

4.Joy nomlari ro‘yxatini tuzing. 

5.Ohangdosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish