164
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
kinofilmlardan, turli boshqotirmalardan, testlardan, amaliy mashgʻulotlardan foydalanish
mumkin.
4-sinfda “Tabiatshunoslik” fanini oʻzlashtirib, 5-sinfga qadam qoʻygan oʻquvchi
uchun “Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi” qiziqarli boʻlish bilan birga biroz
murakkablik qiladi. Beshinchi sinfda haftasiga atigi bir soat geografiya darsining oʻtilishi
esa mavzularni oʻzlashtirishni yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun mavzularni
tushuntirish uchun metod va usullarni qoʻllashda bolaning yosh xususiyatlarini ham
hisobga olish shart.
Qadim zamonlardanoq ota-bobolarimiz tabiatdagi baʼzi oʻzgarishlarga qarab ob-
havoning qanday boʻlishini bilishgan. Xuddi shu xususiyatni bolalarda ham shakllantirish
lozim. Qushlarning pastlab uchishi, havoda mezon iplarining boʻlishi, chumolilar yoki uy
hayvonlarining bezovtalanishi, bulutlarning shakllari, quyosh botishidagi holatlar ertangi
ob-havoning qanday boʻlishidan darak berishini rasmli testlar orqali tushuntirish mumkin.
Masalan: Quyidagi rasmlardagi holatlarga qarab ob-havoda qanday oʻzgarish boʻlishini
belgilang.
1.
2.
3.
4.
a) Havo ochiq b) havo aynishi c) yomgʻir yogʻadi d) shamol boʻladi: bunday javoblarni
davom ettirish mumkin.
Rasmli testlarni ishlash davomida oʻquvchilarda tabiat hodisalarini, unda roʻy
berayotgan oʻzgarishlarni kuzatish, kuzatgan natijalarini tahlil qilish koʻnikmalari
shakllanib boradi. Bunday testlardan qanday usulda foydalanish oʻqituvchining
yondashuviga bogʻliq.
Boshqotirmalar ham bugungi kunda juda ommalashgan, ularning o‘quvchilar
bilimini oshirish va mustahkamlashdagi oʻrnini inkor etib boʻlmaydi. Qaysi gazeta va
jurnalni varaqlamang, krossvord, chaynvord kabi boshqotirmalarning turli mavzu va
koʻrinishdagi turlariga duch kelamiz. Hattoki ularni maktab darsliklarida ham
uchratamiz. Dars jarayonlarida boshqotirmalardan unumli foydalanish ham maqbul
usullardan biridir. Boshqotirmalarning bolalar uchun samarali taʼsiri bor. Birinchidan,
bolalar uchun oddiy matnni oʻqish yoki oʻqituvchining maʼruzasini tinglash baʼzan
zerikarli boʻlib qoladi. Shunday hollarda boshqotirmada berilgan jumboqning javobi,
harflarning ketma-ketlikda bir-biriga moslashib borishi oʻquvchi tomonidan qiziqarli va
maroqli jarayon sifatida qabul qilinadi. Buni oʻquvchilar oʻyin tarzida ham bajarishlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |