608
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
RAQAMLI IQTISODIYOT –MAMLAKAT TARAQQIYOTINING QANOTI.
Rajabova Nargiza Fayziyevna,
Buxoro viloyat Buxoro tuman xalq ta’limi bo‘limi aniq fanlar metodisti
Jamiyatda so‘nggi yillarda “raqamli iqtisodiyot” tushunchasi juda ko‘p marta
qo‘llanilmoqda. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy tizim o‘rnatilgan
bo‘lib, u rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazgan. Insoniyat hayotida
raqamli iqtisodiyot muhim rol o‘ynaydi. Chunki jamiyatning har bir a’zosi bugungi kunda
axborot hurujining oshib borishi tufayli vaqt masalasida qiynalishadi. Vaqtdan yutgan
holda o‘z vazifalariga ulgurishning eng maqbul usuli bu axborotlarni elektron tarzda
almashinib ish yuritishdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida ham anchagina ishlar
qilindi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar
kuni Oliy majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida
2020-yil nomini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon
qilindi. Bu sohalarni rivojlantirish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqtda, 1995-yili
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab
berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan
eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‘tishda, qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi
mumkinligini aytib o‘tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta
hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish
yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar,
saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq
qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish,
elektron to‘lovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli
kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron
tijorat, internet bank, elektron to‘lovlar, internet reklama va shu bilan birga, masofaviy
ta’lim ham ko‘riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik
hayotimizda juda ko‘plab qulayliklar paydo bo‘lmoqda. Deylik sizga biror badiiy
adabiyot yoki darslik va qo‘llanmalar kerak bo‘lib qoldi, ammo sizda kitob do‘koniga
borishning imkoni yo‘q, yohud do‘konlardan bu kitobni topolmadingiz, muommo emas,
internet saytlaridan xohlagan kitobingizni onlayn tarzda qidirib topishingiz mumkin.
Yoki do‘stingizga pul o‘tkazishingiz kerak, buning uchun bank yoki moliya
muassasalariga borishga hojat yo‘q, biz pulni mobil bank orqali o‘tkazishimiz mumkin.