61
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Mamlakatimiz olimlaridan B.Xodjayev “Kompetensiyaviy yondashuv doirasida
ta’limning uchta an’anaviy elementi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaga yana uchta
unsurlar: amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya, kompetentlik”ning ilgari surilishi
haqida to‘xtalib o‘tgan. [2].
Amerikalik siyosatshunos O.Enkarnason fuqarolik jamiyati xususiy individlar
tomonidan o‘z manfaatlari va qadriyatlarini himoyalash uchun tuzilgan keng va turli-
tuman tashkilot olamini qamrab oladi deb hisoblaydi. Bunday tashkilotlarga misollar
sifatida qo‘shni bo‘lib yashaydigan insonlar assotsiatsiyalari, shuningdek umummilliy
uyushmalar va etnik assotsiatsiyalar kabi erkin tashkil etilgan furoqalar quyi tashkilotlari
xizmat qilishi mumkin [3].
A. Xlopin fuqarolik jamiyatining shakllanishini “huquqiy me’yorlar, umumqabul
qilingan qadriyatli yo‘nalishlar va norasmiy qoidalar majmui bilan tartibga solinadigan
zamonaviy rossiya sotsiumini strukturalashtirish jarayoni” sifatida tushunadi [4].
N. Baranov fuqarolik jamiyatini sotsiumning shunday holati sifatida tushunadiki,
unda huquq va erkinliklarga rioya etish, fuqarolik mustaqil faoliyatni va siyosiy faollikni
rivojlantirish, fuqarolarni siyosatda haqiqiy ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratiladi
[5].
S. Moshkinning fikriga ko‘ra fuqarolik jamiyati – bu asosiy vazifasi davlatga
tinchlikni saqlash va manfaatlarning asosiy guruhlari o‘rtasidagi arbitr roliga xalaqit
qilmay, uning hukmronlik qilish istagiga qarshilik ko‘rsatish hisoblanadigan turli
nohukumat institutlarining majmui.
“Fuqarolik jamiyati siyosiy sohani iqtisodiyotdan ajratishga asoslangan bo‘lib, u
hukumatning mulkchilik va ijtimoiy hayotga aralashmasligi printsipi bilan birlashadi.
Bunday jamiyatda absolyut bo‘lmagan iqtisodiy plyuralizm, strategik iqtisodiy masalalar
ustidan siyosiy nazorat bilan mujassamlanadi” [6].
Mustaqil iqtisodiy birliklar nafaqat iqtisodiy sohaning samarali rivojlanishini
ta’minlaydi, balki ijtimoiy plyuralizm uchun zaruriy shart ham hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida intellektual va g‘oyaviy plyuralizmni talab etadi, chunki taraqqiy etuvchi
jamiyat bilimning doimiy rivojlanishini talab qiladi va shuning uchun har qanday
intellektual va ideologik monopoliyani inkor etadi.
Shu tariqa, fuqarolik jihatidan kompetent inson ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida faollik ko‘rsatishni bilishi, keng doiradagi ijtimoiy rollar: saylovchi,
iste’molchi, ishbilarmon hamkor va boshqalarni o‘ylashni bilishi, boshqa fuqarolar,
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi kerak.
Ijtimoiy kapital zamonaviy jamiyatda insonning fuqarolik faolligini ta’minlashga
xizmat qiladi, u o‘z navbatida nafaqat siyosiy sohadagi faoliyat sifatida, balki ijtimoiy
hayotning eng turli-tuman sohalarida qaror qabul qilish va nazorat qilish jarayonlarida
ishtirok etish masalalari bo‘yicha faoliyat sifatida tushunilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |