281
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ko‘rsatadi. Dars jarayonlarida har bir o‘qituvchi shu narsalarga alohida diqqatini qaratishi
lozim.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning muloqot mahorati va savodxonligini oshirishning
asosiy omillaridan biri bu ko‘rgazmali didaktik materiallardan foydalanishdir.
Matematika darslarida esa didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish,
tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘yin - bola kundalik hayotining ajralmas qismidir. O‘yin orqali bola atrof-muhit,
tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil
qilishda didaktik yoki milliy-tarixiy o‘yinlar muhim ahamiyatga ega. Didaktik yoki
turli o‘yinlar o‘quvchilarda o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilish orqali qat’iy tartibga
o‘rganishdan tashqari, o‘zaro hurmat hissi va borliq haqidagi dunyoqarashlarini
shakllanishiga yordam beradi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning
yosh va shaxsiy xususiyatiga ko‘ra tashkil etilishi lozim. O‘yinlar bilim berishni
yengillashtirishga, ko‘rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni
toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash
o‘yinlardan iborat. O‘yinlarning bunday turlari o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat va
kasbiy ko‘nikmalarni shakllanishiga yordam beradi. Ta’limning innovatsion usullaridan
biri aqliy hujumdir. Quyida tajribamizdan kelib chiqqan holda boshlang‘ich sinflarda
foydalanilishi mumkin bo‘lgan didaktik o‘yin yoki innovatsion usullar haqida fikr
yuritmoqchimiz. Aqliy hujum usulini qo‘llashda quyidagi metod dars sifatini oshirishga
yordam berishi mumkin: aqliy savol yoki topshirig‘iga o‘quvchilarning orqama-orqa,
birin-ketin, ketma-ketlikda bergan javoblari hisobga olinadi. Bu usuldan fasllarga moslab
turli o‘yinlarni tashkil etish mumkin. Kuz faslida “Olma terish“, “Paxta terish”, qishda
“Qorbo‘ron”, “Archa bezash”, bahorda “Lola terish” kabi didaktik o‘yinlarni
tashkillash mumkin. Masalan, “Kim ko‘p quyonlarga sabzi teradi?” o‘yinida
quyonchalarga guruhlar soniga teng sabzilar qistirib qo‘yilgan bo‘ladi. O‘qituvchining
bergan topshirig‘ini javoblarini o‘quvchilar sabzilar ustiga birin-ketin , orqama-orqa
yozadilar. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi sabzi teradi, noto‘g‘ri bajargan
o‘quvchilar sabzi tera olmaydi. Qaysi o‘quvchi topshiriqni noto‘g‘ri bajargan bo‘lsa,
yaqqol ko‘rinadi va ular bilan xatolarini tuzatish ishlari olib boriladi. Bu usul
o‘quvchilarni ziyraklikka, topqirlikka, tabiatni asrashga o‘rgatishdan tashqari, chiroyli va
xatosiz yozish malakalari va fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi.
Bundan tashqari, “Xat keldi” nomli o‘yindan mustahkamlash darslarida foydalanishi
mumkin. O‘qituvchi uyga topshiriq berish bilan birga keyingi darsda xat yozib keluvchi
o‘quvchilarni aniqlab oladi. Bu o‘quvchilar xohlagan o‘rtog‘iga xat yozib keladi. Xat
yozish orqali salomlashish, hol-ahvol so‘rash, bir-birini hurmat qilish kabi ko‘nikmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |