Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet778/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   774   775   776   777   778   779   780   781   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

525

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

(Progress  In  International  Reading  And  Literacy  Study)  dunyoning  turli  mamlakatlari 

milliy  ta’lim  tizimida  o‘qish  savodxonligi  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  ishlar  va 

natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan. PISA–o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish), 

matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash 

dasturi  bo‘lib,  o‘quvchilarning  maktab  davrida  orttirgan  bilim  va  ko‘nikmalarini 

aniqlashga mo‘ljallangan.  

PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan 

ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.  

Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli 

dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o‘z ichiga olgan holda, 

o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.  

PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq.  

PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar 

toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini 

baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki 

to‘rtinchi va sakkizinchi  sinf o‘quvchilarining  bilim  va  ko‘nikmalarini baholaydi. Shu 

bilan  birga,  TIMSS  baholashlari  o‘quv  dasturlariga  asoslangan  bo‘lsa,  PISA  esa, 

o‘quvchilar  egallagan  bilim  va  ko‘nikmalarini  real  muammolarni  hal  qila  olishlarini 

baholashga  qaratiladi.  TIMSS  aynan  maktab  bilimlarni  o‘zlashtirish  darajalarini 

baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay 

olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.  

Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab 

qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan 

foydalanish,  shuningdek,  matnlardan  turli  shakllarda  ma’no  hosil  qila  olish  qobiliyati 

hamdir.  PIRLS,  odatda,  4-sinf  o‘quvchilarining  keng  qamrovli  to‘rtta  tushunish 

jarayonini  baholaydi.  Bular:  diqqatni  jamlash  va  aniq  ma’lumotni  topish,  to‘g‘ridan 

to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, kontekst 

va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir. 

PIRLSda har bir matn parchasi (yoki parchalari) yoki matn yuzasidan beriladigan 

savollar to‘rtta tushunish jarayonini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  

O‘quvchilar matndan ma’no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan g‘oyalar yoki 

ma’lumotlarga  nisbatan  tushuntirishlar  beradi.  Xulosalash  esa  o‘quvchilarga  matndan 

tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda muallif matnni o‘quvchining aniq 

yoki  bevosita  xulosa  chiqarishi  uchun  yaratadi.  O‘ylaymanki,  o‘qish  savodxonligi 

o‘quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, 

shuningdek,  PIRLS  ta’lim  sohasida  olib  borilayotgan  siyosatning  muvaffaqiyatga 

ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadiYana shuni aytish mumkinki, ushbu 

dastur  zamon  bilan  hamnafas  qadam  tashlaydi  hamda  o‘zining  baholash  mezonlarini 

zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   774   775   776   777   778   779   780   781   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish