523
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
• shakli (uzun, qisqa, aralash);
• tuzilishi (yaratuvchi, yo‘naltiruvchi);
• turi (tasvirlash, hikoya qilish, tushuntirish,muloqot, munozara, yo‘riqnoma).
Bundan tashqari, matnlar formatiga ko‘ra yaxlit (jumlalar ovzaro birikkan), yaxlit
bo‘lmagan (ro‘yxat, jadval, grafik, indekslar), aralash (og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan)
murakkab (bir necha tarkibli) kabi turlarga bo‘linadi.
O‘qish savodxonligini baholash o‘quvchilar bilimini sinashga mo‘ljallangan matn va
shu matn bo‘yicha tayyorlangan savol-topshiriqlarga asoslanadi. O‘qish savodxonligi
o‘lchamlari topshiriqlar murakkabligi (oson yoki murakkab), savollar shakli (ochiq yoki
yopiq), javoblarning balli baholanishi (qisman baholash modeli) ni o‘z ichiga oladi.
Berilayotgan topshiriqlar qiyinlik darajasiga ko‘ra osonidan murakkabiga qarab
tartiblanadi. Ochiq savollar o‘quvchilardan erkin, aniq va asoslangan javoblar talab etsa,
yopiq savollarda tayyor holda berilgan to‘rt-besh javobdan bitta to‘g‘risi tanlanadi yoki
hodisalar ro‘yxatiga tegishli raqamlar qo‘yiladi. Shuningdek, matndan yagona to‘g‘ri so‘z
javob tariqasida topilib, yoziladi. Rossiya Federatsiyasi ta’lim sifatini baholash Markazi
rahbari, xalqaro koordinator Galina Kovalyova ma’ruzalaridan birida shunday deydi:
“Biz o‘lchanishi oson bo‘lgan narsani emas, balki muhim narsani o‘lchashni
o‘rganmog‘imiz lozim”.
PISA dasturi asosida bajarilgan vazifalarni baholashda shkalaning ikki turidan
foydalaniladi.
1.Dixotomik shkala, ya’ni ikki tanlovli o‘lchov. Bunda javoblar faqat ikki xil baholanadi:
• “javob to‘liq qabul qilinadi”;
• “javob qabul qilinmaydi”.
2. Politomik shkala, ya’ni siyosiy o‘lchov. Bunda javoblar uch xil baholanadi:
• “javob to‘liq qabul qilinadi”;
• “javob qisman qabul qilinadi”;
• “javob qabul qilinmaydi”.
Hozirda “PISA -2022” tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlashda Ta’lim sifatini
baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan har
bir yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma va mashq daftarlari
dasturulamal bo‘lmoqda. Biz qo‘llanmalardagi o‘qish savodxonligini baholashga
yo‘naltirilgan “Havo shari”, “Chad ko‘li”, “Sovg‘a”, “Yuguruvchilar”, “Siz tishingizni
qanday tozalaysiz?”, “Qon topshirish” kabi matnlarni o‘qib, tushunib, tahlil qilish ustida
o‘quvchilar bilan ish olib borsak, albatta, samarali natijalarga erishamiz.
Xullas, PISA testlarida asosiy e’tibor o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha
eng asosiy tushunchalarni bilishi, tub bilim va ko‘nikmalarni egallaganligi, ulardan
hayotiy vaziyatlarda foydalana olishlariga qaratiladi. Shuni unutmaslik kerakki, bu
testlarda o‘quvchi - yoshlarning dars davomida aniq taqvim-mavzu rejadagi aniq
mavzular yuzasidan o‘rgangan bilimlarini sinovdan o‘tkazish nazarda tutilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |