Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet582/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

Internet manbalari. 

1.ziyonet.uz sayti 



 

MAKTABDA SAID AHMADNING “UFQ” TRILOGIYASI “QOCHOQ” 

BOBINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN 

FOYDALANISH 

 

Meyliyeva Luiza Qahramonovna,  



Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 205-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va 

adabiyoti fani o‘qituvchisi 

 

Ushbu romanda xalqimiz hayotining kichik, biroq mazmun-mohiyati jihatdan juda 

dolzarb davri aks ettirilgan. Chunki xalqimiz urush arafasidagi, Ikkinchi jahon urushi va 

undan  keyingi  yillarda  mislsiz  fidoyilik,  qahramonliklar  ko‘rsatdi.  Uzunligi  270  km 

bo‘lgan  Katta  Farg‘ona  kanalining  qo‘l  kuchi  bilan  45  kunda  qazib  bitkazilishi  misli 

ko‘rilmagan jasorat, har qanday jahon rekordini ortda qoldirar edi. Tarixiy ma’lumotlarga 

ko‘ra, kanal qazishda 160 ming kishi qatnashgan, kanal trassasida 17,8 million metr kub 

tuproq  chiqarilgan,  shundan  faqatgina  1,7  million  metr  kub  tuproq  mexanizmlar 

yordamida qazilgan. Urush yillarida xalqimizning front va front ortidagi og‘ir mehnati, 

urushdan keyingi tiklanish davridagi chekkan zahmatlarining har bir kuni jasorat edi. 

Bu ulkan ishlarning ortida qo‘li qadoq jonli odamlar, ularning murakkabliklar to‘la 

suronli taqdiri, orzu-armonlari bor edi. Said Ahmad xuddi shu fidoyi insonlar hayotini, 

kechinmalarini qalamga olgan, ular haqida bir emas uchta jozibali, lirik bo‘yoqlarga boy, 

hayajonli kitob bitgan. Ularni jamlab, “Ufq” deb nomlagan. Darhaqiqat, roman uch katta 

davrni o‘z ichiga olgani uchun uni roman-trilogiya deb ataymiz. Asarning dastlabki kitobi 

“Qirq  besh  kun”,  ikkinchi  kitobi  “Hijron  kunlarida”,  uchinchi  kitobi  esa  “Ufq 

bo‘sag‘asida”  deb  nomlangan.  “Qochoq”  deb  shartli  nomlangan  parcha  romanning 

“Hijron kunlarida” deb ataluvchi ikkinchi kitobidan olingan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, 

ushbu  parcha  juda  og‘ir  o‘qiladi,  aniqrog‘i,  uni  o‘qish  emas,  his  qilish  og‘ir.  Urush 

qahramoni Ikromjon Usmonov frontdan bir oyog‘idan ajrab, qaytib keladi, ortidan unga 

berib  ulgurilmagan  ordeni  ham  tantanali  topshiriladi.  Bundan  ruhlangan  lkromjon  va 

uning  rafiqasi  Jannat  xola  barcha  bilan  barobar  mehnat  qiladilar.  Biroq  ular  hayotida 

falokat  yuz  beradi  –  ularning  yer-u  ko‘kka  ishonmay  o‘stirgan  yolg‘iz  o‘g‘illari 

Tursunboy  urushga  ketayotib  qochadi,  ularning  yuzini  yerga  qaratadi.  Eng  yomoni, 

Tursunboy qochib kelib, ular o‘zlashtirayotgan to‘qayzor ichkarisiga joylashib olgan. Bu 

sirni onasi Jannat xolagina biladi. U ikki o‘t orasida. Bir tomondan, o‘g‘lining Vatanga 

xiyonati ich-ichini o‘rtasa, ikkinchi tomondan, yolg‘iz farzandiga joni achiydi. Qochoq 



 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish