113
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
tushuntira olishi ham juda muhimdir. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, mutaxassislik
bo‘yicha bilimlardan tashqari, pedagogik va psixologik bilimlar, o‘qitish metodikasiga
oid bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak. Yaʼni yosh avlodga bilim va tarbiya berayotgan
ustoz bugungi kunda faqat oʼz mutaxassisligi bo‘yicha izlanishlar olib borishdan tashqari,
o‘zida mujassam bilim va ko‘nikmani o‘quvchilarga yetkaza olish metodikasini ham
bilishi zarur. Bu xususiyatlarni oʼzida mujassamlashtira olgan o‘qituvchi bugungi
zamonaviy taʼlimning haqiqiy shakllantiruvchilari bo‘la oladi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda zamonaviy taʼlimni rivojlantirishda o‘qituvchilar
maʼlumotlarni faqatgina global tarmoqlardan ko‘chirib olishdan tashqari, bu yangiliklarni
o‘zlari ham yarata olishlari zarur. Yani, hozirgi zamon zamonaviy o‘qituvchisi o‘z faniga
oid maʼlumot va yangiliklarni o‘zi tayyorlagan slaydlar, videoroliklarda taqdim eta olishi
zarur deb o‘ylayman. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining yoshini va salohiyatini inobatga
olgan holda, bu jarayonga ijodkorona yondashuvi talab etiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 45 daqiqalik dars davomida darsga qiziqtira olish
va chalg‘itmaslik uchun o‘qituvchi dars jarayonining mukammal xaritasini yarata olishi
kerak. Yani o‘qituvchi har bir daqiqani qanday o‘tkazish kerakligini avvaldan
tashkillashtirgan bo‘lishi, uni faqat o‘quvchilarning zarur bilim va ko‘nikmalarni
egallashi uchun sarf qilishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchisini zeriktirmasligi, har bir darsda
yangi o‘qitish metodlaridan, didaktik o‘yinlardan, pedagogik texnologiyalardan
foydalanishi zarur. O‘quvchi keyingi darslarni, dars jarayonida o‘qituvchisi tomonidan
beriladigan yangiliklarni kutishi zarur.
Boshlang‘ich taʼlimda zamonaviy taʼlimni rivojlantirishda bizga, eng avvalo, o‘z
sohasidagi va psixologik bilimlarni mustahkam egallagan, zamonaviy pedagogik
texnologiya va o‘qitish metodlarini dars jarayonida mahorat bilan qo‘llana oladigan,
o‘quvchilarni darsga qiziqtira oladigan, yosh avlodga bilim va ilm berishdan tashqari,
ularni ona-vatanga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga hurmat nazari bilan qaraydigan
mukammal shaxsni shakllantiruvchi o‘qituvchilar zarur deb o‘ylayman. Buning uchun
o‘qituvchilarni yangi metodik qo‘llanmalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
interfaol metodlar bilan taʼminlashimiz, va albatta, bu texnologiya va metodlarni o‘quv
jarayonlarida qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |