UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARI MALAKASINI OSHIRISH MODULINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
MA’RUZACHI: D.MAMATOV
TEL. TELEGRAM 902722980
FARG‘ONA – 2021
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik –bu bilimsizlikdir”! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”.
Sh. M. Mirziyoyev
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH MALAKA OSHIRISH KURSLARINING O‘QUV REJASI 2021-YIL 28-06 № 193
KURSNING MAQSADI VA VAZIFALARI
UMUMIY O‘RTA TA’LIM VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM MUASSASALARI, TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARI UCHUN TASHKIL QILINADIGAN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH KURSINING MAQSADI – ZAMONAVIY TA’LIM, TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN ZARUR BO‘LADIGAN KASBIY BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI MUNTAZAM YANGILASH, MALAKA TALABLARI ASOSIDA ULARNING KASBIY FAOLIYATIGA DOIR KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAN IBORAT.
KURSNING VAZIFALARI QUYIDAGILAR:
- TINGLOVCHILARGA JAMIYATDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR MAZMUNI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARINI SINGDIRISH;
- TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA ILG‘OR TA’LIM-TARBIYA TEXNOLOGIYALARI VA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNI O‘RGANISH;
- TINGLOVCHILARGA TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA KOMPYUTER GRAFIKASIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI O‘RGATISH;
- TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINI TEXNIK VA KREATIV FIKRLASH, INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH;
- TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI ONGLI RAVISHDA KASB TANLASHGA TAYYORLASH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH;
- O‘QUV JARAYONINI FAN VA ISHLAB CHIQARISH BILAN SAMARALI INTEGRATSIYASINI TA’MINLASHGA QARATILGAN FAOLIYATNI TASHKIL ETISH;
- MALAKA TALABLARIGA MOS HOLDA TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINING KASBIY BILIM, KO‘NIKMA, MALAKA VA KOMPETENSIYALARINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA UZLUKSIZ RIVOJLANTIRISH.
“AKT VA MEDIA SAVODXONLIK”
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA MEDIA SAVODXONLIK (2 SOAT VEBINAR, 2 SOAT VIDEODARS)
TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR, MASOFALI O‘QITISHNI TASHKIL QILISH USULLARI. (2 SOAT VEBINAR)
TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR (PAINT, PHOTOSHOP, AUTOCAD, 3D STUDIO MAX, AUTOCAD VA H.K) VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH. MASOFALI O‘QITISHNI TASHKIL QILISH USULLARI HAQIDA.
TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK DARSLARIDA BUYUMLARNI CHIZISH METODIKASI (PAINT, AUTOCAD DASTURLARI MISOLIDA)
( 2 SOAT VIDEODARS)
PAINT, AUTOCAD DASTURLARIDAN FOYDALANIB RASM CHIZISH, BUYUMLARNI PROEKSIYALARINI CHIQARISH, DETALLARNING AKSIONOMETRIYASINI YASASH USULLARI ORQALI PEDAGOGIK FAOLIYATDA ELEKTRON TA’LIM KONTENTINI YARATISH.
FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI (4 SOAT VEBINAR, 14 SOAT VIDEODARS)
MODULNING MAQSADI:
UMUMIY O‘RTA TA’LIM VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM MUASSASALARI TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI VA O‘QUV DASTURLARI MAZMUNI.TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA O‘QITISH METODLARI. TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL AMALIY FAOLIYATGA YO‘NALTIRISH. TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARIDAN O‘QUVCHILAR BILIM, KO‘NIKMA, MALAKA VA KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH VA NAZORAT TURLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEV TOMONIDAN ILGARI SURILGAN BESHTA MUHIM TASHABBUS. TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARIDAN SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH HAMDA O‘TKAZISH YO‘LLARI. TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK DARSLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZ ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH.
MODULNING VAZIFALARI:
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINING NAZARIY, AMALIY VA METODIK TAYYORGARLIGI DARAJASINI OSHIRISH;
ULARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN BILIM, KO‘NIKMA, MALAKA VA KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH;
TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARIDA DARS JARAYONIDA SAMARALI METODLARNI QO‘LLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.