Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Masxarabоz kal
 – qiyofasini o‘zgartira оladigan Jaynоq ko‘zda tuti
-
ladi. 
2
 
Uchcha
 – tоs suyagi bilan son suyagining birlashgan joyi. Bu yerda: 
«jin urgur» ma’nоsida. 
3
 
Qadama og‘och
 – og‘och butoqlaridan tayyorlangan qoziqlar yerga 
qadab o‘ynaladigan bolalar o‘yini.
4
 
Sinlamоq
 – chamalamоq, tanimоq. 


146
...ot chopilar baland tog‘ning pastida,
quloq soling gapimning payvastiga,
shu ot kepti qoraxonning qasdida,
endi maydon bek ravshanning ustida.
Kesgir isfihonni olib dastiga,
qarab bo‘lmas chin botirning bastiga,
yobi
1
 dema, shu ot tulpor ekandi,
shu o‘tirgan hasan shunqor ekandi.
...ana endi to‘rt mard hasanxon polvonning oldiga keldi. 
salom  berib,  ko‘rishib  o‘tirdi.  aynoq  qarasa,  bir  «devona» 
o‘tiribdi:  devsifat,  bir  ajdahoday,  hech  narsani  ko‘ziga  ila-
digan  emas,  balki  nazariga  keltirmay,  pisand  qiladigan  ham 
emas; shunday haybatli, siyosatli. aynoq ichida aytdi: «hasan 
ekan, bechora Jaynoqni bekorga urishgan ekanman».
...aynoq joyidan irg‘ib turdi, ukalari ham tura keldi: mard 
hasan bilan quchoqlashib, qaytadan ko‘rishib aytdi: «yaxshi 
kelibsan,  jo‘ra,  juda  yaxshi  kelibsan.  bizlar  ham,  shu  yerg a 
ravshan  keladi  deb,  sening  o‘g‘ling  uchun  o‘tiribmiz.  ana 
endi  sen  kelding,  ishimiz  o‘ng  keladi.  endi,  jo‘ra,  ertaga 
ravshanxonni shu  yerga haydab keladi, nasib  qilsa, taloto‘p 
bo‘ladi, taxti vayron bo‘ladi», – deb hasan mard bilan kallar 
suhbatlasha berdilar. 
aynoq ukalarini yuborib, G‘irko‘k otga beda, yem oldirib 
keldi. hasanxon polvonga palov, go‘sht, manti, barak
2
 berib 
siylab, ziyofat ustiga ziyofat qilib, choyni damlab, G‘irko‘kni 
yemlab,  ertagi  urushning  g‘amini  g‘amlab,  xotirni  jamlab 
o‘tira berdi. 
qirq kun muhlat tamom bo‘ldi. qoraxon podshoga: «taq-
sir podshoyim, kechagi gunohkorning muhlati bitdi, ajali yet-
di, endi olib borib dorga osib, boshini kesib, dodini bermoq 
kerak», – deb amaldorlari arz qildi.
...ravshanjonni zindondan chiqarib, bo‘yniga g‘ul – zan-
jir  solib,  tevaragini  ko‘p  dushman  olib,  bo‘taday  bo‘zlatib, 
ko‘zini boylab, ko‘p zulmlarni aylab kela berdi.
1
 
Yobi
 – cho‘bir, qirchang‘i. 
2
 
Barak
 – chuchvara 


147
ravshan  chiqqan  kuni  Zulxumor  oyim  qancha  kanizlari 
bilan  dod  deb  yig‘lab,  Ravshanning  o‘ng  tarafidan  kelib, 
to‘rasining  dog‘ida  kuyib,  betini  yulib,  dovushining  boricha 
chirqirab yig‘lab kelayotipti. bir tarafda kampir enasi «dod» 
deb, bolasining dog‘iga kuyib: «Voy bolam», – deb ravshan-
ning bo‘yniga osilib kela yotipti. 
Zolimlar dorning ostiga yaqinlashib qoldi. hasanxon G‘ir-
ko‘kning  ustiga  minib,  yov-yarog‘ini  choq  qilib,  ustiga  eski 
to‘n  kiyib,  bir  devona  bo‘lib  turar  edi.  dasta,  dasta,  baland-
pastda,  odam  bosib  kela  berdi  asta-asta,  maydon  sipohiga 
to‘lib ketdi.
qoraxon podsho saltanati bilan, bir bo‘lak amaldor-uma-
rolari  bilan  kelib,  bir  yaxshi  joyni  olib,  tushib  o‘tira  berdi. 
baland ham odam, past ham odam.
shunda  jallod,  mirg‘azablar  ravshanni  haydab  kela  ber-
di. hasan mard buni ko‘rib, ko‘zlari yoshga to‘lib, jazavalari 
qo‘z g‘alib, polvonlik tomirlari uyg‘onib, o‘zini tuzab, tezlana 
berdi...
ravshanxonni...  jallodlarga  haydatib,  dorning  ostiga  olib 
keldi. shunda qoraxon podshoning amri bilan ikki hudaychi
1

salom  og‘asi
2
  kelib,  ravshanbekni  dorning  ostida  to‘xtatib, 
qoraxon podshoning tili bo‘lib, ravshanxonga qarab bir so‘z 
aytdi:
bo‘yinsunsang shirvon elning xoniga,
ko‘nsang agar vazirlar deganiga,
seni dordan ayirib olib ketaylik,
agar kirsang qoraxonning diniga...
eshitib ol vazirlarning so‘zini,
shirvon elda podsho deydi o‘zini,
agar kirsang qoraxonning diniga,
olib beray suluv Xumor qizini.
shunda ravshanxon polvon vazirlarning bu gapini eshitib 
qahri  kelib,  ilonday  zahri  kelib:  «sen  aytgan  odaming  men 
1
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish