Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua


«MehroBDAn  ChAYon»  roMAnIDAn  BoBlAr



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

«MehroBDAn  ChAYon»  roMAnIDAn  BoBlAr
Baxmalbofda  faqir  bir  oila
anvar  1271inchi  hijriya  miyonalarida  qo‘qonning  bax-
malbof  mahallasida  faqir  bir  oilada  dunyog‘a  keldi.  onalar 
tuqqan  bolalarini  sizga  «tilab-tilab  olgan  falonim»  deb,  ota-
lar  «xudoy  bergan  o‘g‘ulcha»  deb  taqdim  etadirlar.  ammo 
bizning  anvar  bo‘lsa  onasining  «tilab-tilab  olg‘ani»  emas 
va  otasi  ham  uni  «o‘g‘ulchag‘a»  hisoblamag‘an  edi.  ota-
sining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil suvig‘a 
cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki qarich bo-
lalardan  beshtasiga  dada  edi.  shu  besh  bolaning  yonig‘a  iz-
zatsiz,  hurmatsiz  oltinchi  «mehmon»  bo‘lib,  bizning  anvar 
qo‘shildi.  ya’ni  anvar  tilab  oling‘an  bola  emas,  dadasi  bi-
lan  onasining  tilaklariga  qarshi,  faqat  ularning  baxtsizlik  va 
qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi bo‘lib tug‘ildi. 
bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnaychi 
va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ marosimlari 
nuqsonsiz  ijro  etiladir.  ammo  anvarning  dunyog‘a  kelishi 
munday marosim, tantanalar va orzu-havaslar bilan bus-butun 
aloqasiz edi. masalan, onasi o‘z yonig‘a doya chaqirib takal-
luflanmadi, to‘ng‘uch qizi Nodiraning ko‘magida tug‘di; bo
-
lalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi uchun chiqarmadi. Chunki 
qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur 
it mijozmi?» deb ta’na qilishlaridan cho‘chidi.
shu holda yeti-sakkiz kunlab anvarning dunyog‘a «tash-
rifi» sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rma-


259
ganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qqu zinchi kun 
belandi emas, tiqildi.
anvarning  «chillasi  charog‘  ko‘rmagan»  bo‘lsa,  hech 
boki  yo‘qdir,  biroq  yigirma  kunlab  beshikda  ismsiz  yotishi 
qiziqdir,  chunki  yangi  «qadrlik  mehmon»ga  ot  qo‘yish  na 
otasining esiga va na onasining xotirig‘a kelgan edi. oradan 
yigir ma kun o‘tsaku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb ota-onani 
ayblash og‘ir. balki salim bo‘yoqchining tirikchilikdan qo‘li 
bo‘shamag‘andir.  anorbibining  bo‘lsa  olti  bolaning  xarxa-
shasidan  qulog‘i  tinchimay  miyasi  suyulgandir,  harholda  bu 
«qadrlik»  bolaning  oti  muhtaram  mahalla  imomi  tarafidan 
qo‘yilmaganidek, ota-ona tomonlaridan ham nasib bo‘lmadi. 
ism  qo‘yish  vazifasini  yigirma  ikkinchi  kunlarda  o‘n  ikki 
yoshliq nodira ado qildi.
nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasini 
yaxshi  kiyimi,  ayniqsa,  yoqimli  eshitilgan  «anvar»  ismig a 
suqlanib, havaslanib yurar edi. o‘ylab-netib turmadu-da, yan-
gi  chaqaloq  ukasining  otini  ham  «anvar»  deb  atadi  va  be-
shikda chalqancha yotib, nursiz qora ko‘zlari bilan dadasining 
faqir  hayotig‘a  «razm  qo‘yg‘an»  bu  chaqaloq ning  tevaragi-
dan  aylanib,  «anvarjon,  anvarjon!»  –  deb  xitob  qila  bosh-
ladi.  shuni  ham  aytib  qo‘yish  kerakki,  anvarning  dunyog‘a 
kelishini  birdan  bir  tabrik  etib  so‘yingan  shu  nodira  edi. 
so‘ngroq yana unga onaliq martabasida qolg‘uchi, hatto, shu 
kungacha  anvarning  eng  mehribon  kishisi  bo‘lib  kelguchi 
yana shu nodiradir.
shu yo‘sun salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari ichi-
da  bemahal  g‘urrak  bo‘lib  anvar  ham  yashay  boshladi.  bo-
lalari ko‘paygani sayin salim akaning ishi ham keyinga ket-
kanidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar edi. an-
var uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri salim akaga yo-
pishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib yiqitishg‘a 
muvaffaq  bo‘ldi.  ya’ni  salim  aka  qonsirab,  darmonsizlanib 
yotib qoldi. muolajaga pul kerak, mundan ham ilgari oilaning 
umumiy  kasali  bo‘lg‘an  oziqqa  ham  shu  narsa  kerak.  salim 
bo‘yoqchi  sarmoyasidagi  nil,  tuz  va  o‘xshash  dastmoyalarni 


260
sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi. dard ancha ulg‘aygan edi. bu 
chiqimlar foyda o‘rnig‘a zarar keltirdilar. do‘kon dastgohini 
sotib  ro‘zg‘or  qildi.  bular  ham  bitkandan  keyin  bu  oilaning 
og‘ir kunlari boshlandi. ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa, kasal 
boqish.
shu  qish  ayniqsa  qattig‘  kelgan  edi.  sovuqdan  saqlanish 
uchun  ularning  hozirliklari  yo‘q.  o‘pkasiga  sovuq  tegdirib 
salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi. ko‘klamga chiqar-chiq-
mas  salim  bo‘yoqchining  o‘zi  ham  dunyo  bilan  vido lashdi. 
buning  ustiga  anvar,  yana  ikki  og‘asig‘a  qizamiq  toshib, 
bir  bola  munda  ham  o‘lib  berdi.  shu  yo‘sun  olti  oy  ichida 
anor bibi eridan va ikki bolasidan ayrilib, to‘rt go‘dak orasida 
beva bo‘lib qoldi. nodiraning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an, har na-
chuk  bir  joyini  topib  ketar,  ammo  uchta  yosh  bolaning  ishi 
qiyin  edi.  eridan  bolalarning  tarbiyasig‘a  yararliq  hech  gap 
qolmag‘an,  bir-ikkita  xum,  uch-to‘rtta  mo‘ndi  va  shunga 
o‘xshash rezrov, boshqa bir balo ham yo‘q. anorbibi mehnat 
bilan yashab, yeti-sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, 
tusiga  ajin  kirib,  keksaymasa  ham  qarimsiq  bo‘lib  qolg‘an, 
shuning  uchun  birartaga  tegib  olishi  to‘g‘risida  o‘ylash  ham 
behuda.
anorbibiga  o‘xshash  tul  xotinlarning  qiladirg‘an  ishlari 
har  kimga  ham  ma’lum:  mahallada  dasturxonchilik,  boylar 
eshigida  oqsochliq,  hunarmandroq  bo‘lsa  –  kinnachilik  va 
hokazo.  anorbibi  shu  hunarlarning  hammasiga  ham  qobili-
yat e’lon qilib, bolalarini boqish fikriga tushdi. Va bu orada 
qizi – nodirani bir bo‘zchi bolasig‘a uzatib, yukini ham biroz 
yengillatdi.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish