225
She’rlarida «Turdi» hamda «Farog‘iy» taхalluslarini qo‘l-
lagan.
«tor ko‘ngullik beklar...» she’ri g‘azal janrida yozilgan.
U adabiyotimiz tariхidagi хalqni milliy birlikka chaqirgan,
o‘zaro tenglikka da’vat etgan, hududiy yaхlitlikni targ‘ib qil
-
gan siyosiy ruhdagi birinchi she’r sifatida alohida e’tiborga
molikdir.
o‘zbeklar etnik jihatdan to‘qson ikki urug‘dan iborat
bo‘lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig‘alboyli, oytamg‘ali,
хitoy, qipchoq, nayman, boymoqli, sirg‘ali, o‘roqli, bolg‘ali,
boyovut, qo‘ng‘irot, so‘loqli, qaropchi, kenagas, mang‘it
kabi nomlar bilan atalgan. bu urug‘larning boshchilari,
yurt kattalari mavqe, amal, hudud talashib urug‘-aymoqlar
o‘rtasida o‘zaro nizolarni kuchaytirdilar. Bundan oddiy хalq
aziyat chekdi, qishloqlar vayron, ekinzorlar payhon bo‘ldi.
o‘lka parokandalikka yuz tuta boshladi. bu holdan qattiq
g‘azablangan shoir turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq
bo‘layotgan beklarni ko‘ngillaridagi tor shaхsiy g‘arazlarni
qo‘yib, keng miqyosda millat uchun qayg‘urishga chaqiradi:
tor ko‘ngullik beklar, manman demang,
kenglik qiling,
to‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidir, tenglik qiling.
keyingi baytda parokandalik, tarqoqlikdan voz kechib, bir
hukmdor qo‘l ostida yaхlit bir mamlakat, yagona bir milliy
davlat haqidagi orzularini bayon etadi. keyingi uch urug‘ning
nomi sonlarga uyg‘unligidan foydalanib, tazod vositasida
mazmunga mos shakl topa biladi. ya’ni urug‘ingiz nomi qirq,
yuz, ming bo‘lsa-da, siz bir хonlikda yashashni, bir mamlakat
bo‘lib
birlashishni odat qiling, deydi shoir.
Uchinchi baytda g‘azalning umumiy g‘oyasi yanada yor-
qinroq, ta’sirliroq ifodalangan. birlikka da’vat etayotgan shoir
baytdagi misralarda «bir» so‘zini bir maromda besh marta tak-
rorlaydi va uni bitta kiyimning qismlari misolida ifoda etad i:
bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
bir o‘ngurlik,
bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
8 – adabiyot, 7-sinf.
226
Oхirgi ikki baytda o‘z mulki, ya’ni mamlakatini boshqa-
rishni uddasidan chiqmagani holida boshqa yerlarga ko‘z
olaytirayotgan beklarni tanqid qiladi, yuragida mardlar kabi
maydonda zahmat chekish javhari – jur’ati yo‘q yurt kattalari-
ga o‘zining achchiq kinoyasini, istehzosini bildirishga jur’at
etadi. G‘azalda o‘zidan kechib maydontalab bo‘lolmaydigan,
ammo turli gap va ig‘volar bilan el orasini buzadigan kimsalar
pardoz qiluvchi satang ayollarga o‘xshatib «yuzga upo-enli k
qiling» deya kulgi qilinadi:
mardlar
maydon chekib, rangin ko‘tarib zaxmlar,
sizga yo‘q, ul javhar-u yuzga upo-enlik qiling.
Uch baytdangina iborat «Turdiman» radifli g‘azali has
-
bi hol – o‘z ahvolini bayon etish tarzida yaratilgan. Unda
ma’lum darajada shoirning taqdiri, kechmishlari aks etgan
deyish mumkin.
G‘azal shoirning hasbi holi bilan boshlanadi:
qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum turdiman,
kelturan amvojga bahri talotun turdiman.
bayt tazod san’ati asosiga qurilgan. shaxsiyati va ho-
latidagi qarama-qarshilik orqali fikr bo‘rttiriladi. «Qatradek
nochiz», ya’ni oddiy odam bo‘lsa-da, o‘z tirishqoqligi,
jonkuyarligi, izchil harakatlari bilan ezilgan kishilarni oyoq-
qa turg‘izgan, isyon va qo‘zg‘olonlarni keltirib chiqargan,
she’rlari bilan amaldorlar yuziga ham haqiqatni tik ayta olgan
shoir: «kelturan amvojga bahri talotum turdiman», – deya
faxrlanishga haqli edi. ikkinchi baytda shoir tolesizligi sababi
ko‘rsatiladi:
qirq, yuz, ming
aqrabolar ettilar mandin nufur,
ne balo, baxti qaro-yu toleyi shum turdiman.
turdining oliyjanob harakatlarini, yakdillik haqidagi
yonib- kuyishlarini qirq, yuz, ming va boshqa urug‘lardagi
millatdoshlari anglab yetmaydilar, ba’zilari hatto nafrat bi-
lan qaraydilar. bundan iztirobga tushgan shoir o‘zini, «baxti
227
qaro», «toleyi shum» deb biladi. bu holat uning turmush tarzi,
hayot kechirishiga ham ta’sir etmay qo‘ymadi:
rishtadek ming bor ro‘ze chashmi so‘zandin o‘tar,
bo vujudi e’tibori chashmi mardum turdiman.
rishta – ip, ro‘ze – kun, chashmi so‘zan – igna teshigi de-
gani. demak, shoirning moddiy ahvoli ancha tang: tirikchiligi
«chashmi so‘zan», ya’ni igna teshigidan o‘tkazilayotgan ip
kabi qiyin o‘tadi. shoir shu taxlit o‘zining o‘tmishini, iztirobli
kechinmalarini, turmush tarzini siqiq, lo‘nda shaklda bayon
etadi.
hayotligida iztirobli kunlarni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa-
da, millatni birlikka chorlagan she’ri bilan shoir hamon biz
bilan. o‘zidan keyin so‘zi qolgan shoir baxtsiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: