Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

(Kema) taхtasini shunday kovladiki,
Go‘yo suv yo‘lini (kemaga) ariq qildi.
kemasin chunki nov ko‘rdi suhayl,
tubidin suv yuqori etgan mayl.
Suhayl kemasining teshilganligini ko‘rdi,
(Uning) tubidan yuqoriga suv ko‘tarila boshlagani uchun.
daf’ig‘a necha hiylagar bo‘ldi,
qilmadi sud-u
3
 kema(g‘a) su(v) to‘ldi.
To‘хtatishga qancha hiyla, ya’ni tadbir qilsa ham,
Foydasi bo‘lmadi – kema suvga to‘ldi.
Ul su to‘ldi-yu bahr erdi amiq
4
,
kema-yu kema ahli bo‘ldi g‘ariq.
(Kemaga) suv to‘ldi, dengiz chuqur edi,
Kema va kema ahli g‘arq bo‘ldi.
qo‘lni shahzoda jonidin yudi pok,
qo‘ydi ko‘nglin suvda bo‘lurg‘a halok.
Shahzoda pok, ya’ni butunlay jonidan umid uzdi,
Suvda halok bo‘lishni ko‘ngliga tuydi.
1
 
Хasm
 – dushman, raqib. 
2
 
Kоv-kоv etti
 – kоvladi, o‘ydi.
 
3
 
Sud
 – fоyda.
 
4
 
Amiq
 – chuqur. 


188
qildi Jobir aning sori ohang
1
,
Ul sifatkim, bolig‘ yutarg‘a nahang.
Jobir uning yoniga qasd qilib (keldi),
Хuddi baliqni yutishga (shay) nahangga o‘хshardi.
boshig‘a yetti aylamakka qatil,
o‘lar elga nechukki azroil.
Qatl qilish uchun boshiga keldi,
O‘layotgan odam (tepasidagi) Azroil(ga o‘хshardi).
qo‘lig‘a chun aning qo‘lin oldi,
o‘zining zavraqi aro soldi.
Qo‘liga uning qo‘lini oldi, ya’ni qo‘lidan ushlagancha,
O‘zining kemasi ichiga soldi.
Chiqti dog‘i eshib kamandini
2
 chust
3
,
bog‘lab oning ilik-ayog‘ini rust.
Darhol arqon eshib chiqdi-da,
Uning qo‘l-oyog‘ini mahkam bog‘ladi.
bo‘ldi yonmoq ishiga omoda
4
,
keldi nogah o‘ziga shahzoda.
Qaytish uchun tayyor bo‘lib turganida,
Nogoh shahzoda o‘ziga keldi
.
ko‘rdi o‘zni g‘arib band ichra,
halqa-halqa xami
5
 kamand ichra.
O‘zini g‘arib holda band ichida ko‘rdi,
Halqa-halqa o‘ralgan arqonda edi.
1
 
Оhang
 – qasd, qiliq, niyat. 
2
 
Kamand
 – arqоn.
 
3
 
Chust
 – tеz.
 
4
 
Оmоda
 – tayyor. 
5
 
Хam
 – o‘ralgan, bоg‘langan.
 


189
aduv ilgida qatra suvdek tig‘,
edi o‘z notavonlig‘ig‘a dareg‘
1
.
Dushmani qo‘lida qatra suvdek ojiz bo‘lib,
O‘z(ining) (bunday) notovon holatidan pushaymon edi.
dedi Jobirki: «ey qo‘lumda asir,
razm-u ko‘shishda
2
 qilmading taqsir
3
.
Jobir dedi: «Ey qo‘limda(gi) asir yigit,
Urush va( jang) harakatlarida хato qilmading.
men bu zavraqni suvg‘a to surdim,
ming seningdekni suvda o‘lturdim.
Men bu kemani suvga – dengizga solganimdan buyon
Seningdek minglab (odamlarni) suvda o‘ldirdim
.
birida sencha ko‘rmadim jur’at,
Jur’ating bo‘ldi maxlasingg‘a
4
 jihat.
(Hech) birida senchalik jur’at ko‘rmadim,
Jur’ating хalos bo‘lishingga sabab bo‘ldi.
kim, tengiz ichra boshinga yettim,
o‘laringdin seni xalos ettim.
Dengiz ichida boshingga yetgan bo‘lsam ham,
O‘limdan seni хalos etaman – o‘ldirishdan voz kechdim.
qatlinga garchi tab’ rog‘ib emas,
lek qo‘ymoq dag‘i munosib emas.
Ko‘ngil qatlingni tilamasa-da,
Lekin qo‘yib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi
.
kim, agar banddin xalos o‘lg‘ung,
bir shahi komrong‘a
5
 xos o‘lg‘ung.
1
 
Darеg‘
 – pushaymоn, achinish.
 
2
 
razm-u ko‘shish
 – dushmanlik harakatida. 
3
 
Taqsir
 – qusurli, kamchilikli.
 
4
 
Maxlas
 – xalоs, qutulish.
 
5
 
Shahi kоmrоn
 – baxtli shоh.
 


190
Agar banddan хalos bo‘lsang,
Bir toleli shohga хos bo‘lasan
.
bo‘lmoq o‘lmas xalos domingdin
1
,
bo‘lmog‘um emin
2
 intiqomingdin.
(Shunda) tuzog‘ingdan хalos bo‘lmay,
Qasosingdan qutulolmayman
.
ish hisobin shumora
3
 qilg‘ungdur,
qatl-u kinimg‘a chora qilg‘ungdur.
(Oramizdagi) ish – olishuvni hisob-kitob qilasan,
(Meni) qatl qilish uchun chora qilasan.
o‘lmoq avlo sanga kamand ichra,
tirik o‘lmoq valek band ichra».
Sening arqonda (boylog‘liq) bo‘lishing yaхshi,
Tirik qolasan, lekin band ichida bo‘lasan»
.
necha izhori ajz
4
 qildi suhayl,
qilmadi kinavar
5
 javobig‘a mayl.
Suhayl ojizlik bilan qancha yolvorsa ham,
Dushmani javob bergisi ham kelmadi.
kemasin maskani sori surdi,
oni o‘z ma’manig‘a yetkurdi.
Kemasini maskani sari surdi,
Uni (Suhaylni) o‘z makoniga keltirdi.
qasri kunjida
6
 bor edi chohe,
kimsani band aylasa gohi,
1
 
Dоmingdin
 – tuzоg‘ingdan. Bu yеrda qo‘lingdan ma’nоsida.
 
2
 
Emin
 – xоtirjam, ishоnchli.
 
3
 
Shumоra
 – hisоb-kitоb.
 
4
 
Ajz
 – оjizlik.
 
5
 
Kinavar
 – kinchi, adоvatkоr, kеkchi.
 
6
 
Kunj
 – burchak. 


191
Qasr burchagida (bir) choh bor edi,
Goho kimni bandi qilsa,
Ul choh ichra qilurdi sokin
1
,
Chiqmoq andin emas edi mumkin.
U choh ichiga sokin qilardi – tashlab qo‘yardi,
Undan (qutulib) chiqish mumkin emasdi
.
aning a’zosidin rasan
2
 oldi,
band
3
 ila choh qa’rig‘a soldi.
Uning a’zosidan, ya’ni qo‘l-oyog‘idan arqonni yechib,
Zanjir bilan choh qa’riga soldi.
har kim ul choh aro chu bo‘ldi g‘ariq,
non ikita edi, su bir ibriq
4
.
Kimki u choh ichiga g‘arq qilingan bo‘lsa,
(Kuniga) ikkita non, bir oftoba suv (berilar edi).
yuqori dilbar-u quyi bedil
5
,
Bir-biridin vale ikov g‘ofil
6
.
Yuqorida dilbar, ya’ni Mehr, quyida g‘amgin – Suhayl,
Lekin ikkovi bir-biridan g‘ofil edilar.
bu ikovga bu yerda mundoq hol,
qavm-u xaylig‘a
7
, emdi ko‘r ahvol.
Ikkovlari bu yerda bundoq ahvolda,
Endi qavmi va yaqinlari ahvolini ko‘r(gin).
1
 
Sоkin
 – turuvchi. 
2
 
rasan
 – arqоn.
 
3
 
Band
 – kishan. 
4   
Ibriq
 – chоydish, оftоba.
 
5
 
Bеdil
 – qayg‘uli, hasratli оshiq.
 
6
 
G‘оfil
 – xabarsiz. 
7
 
Qavm-u xayl
 – yaqinlar, atrоfidagilar.
 


192

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish