157
har jihatdan yetuk odam sifatida tasvirlanmaydi. Uning ojiz-
ligi, g‘o‘rligi, tajribasizligi tufayli xatolar qilishi, aldanishi
haqqoniy ko‘rsatiladi.
hasanxon – Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor
polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni olgan
hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib
o‘tadi. dostonda shu o‘rinlar nihoyatda hayajonli, ta’sirchan
va go‘zal ifodalangan.
doston – she’riy san’atlarga, badiiy tasvir vositalariga
juda boy. Zulxumorning qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat manzara-
lari yuksak mahorat bilan chizilgan. Zulxumorning bog‘i tas-
virini o‘qisangiz, ulkan e’tibor ila parvarishlangan, shohona
ko‘shk va qasrli so‘lim maskan, jannatday bir oromjoy ko‘z
o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. yoki shirvon bozorining 145
misralik tasvirini olaylik. dostonda sershovqin, to‘s-to‘polon
sharq bozorining o‘ta tabiiy, jozibador tasviri berilgan.
she’riy parchalar anvoyi poetik tasvir vositalariga ni-
hoyatda boy qofiyalar bilan mohirona ziynatlangan. «Rav-
shan» dostoni qofiyali nasr (saj)ning go‘zal namunasidir.
Deyarli har bir nasriy parcha – qofiyali. Dostonning vazni
ham o‘ziga xos. she’riy qismi asosan yetti, sakkiz va o‘n
bir bo‘g‘inli barmoq vaznida. baxshi qahramonning ruhiy ho-
lati, his-hayajoni, voqea rivojining sur’atiga ohangdosh, ayni
shu holatga mos tasvir yo‘sinini topadi. sakkiz bo‘g‘inli vazn
urush va jangovarlik holatiga juda mos keladi:
keling, kallar,
keching jondan,
Umiding bo‘lsa maydondan.
siz
bir yondan,
men bir yondan,
ot qo‘y g‘animning ustiga.
asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlash-
gan
holatlarga esa, yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalaniladi:
qush uchmagan cho‘llardan,
so‘na
1
yuzgan ko‘llardan,
odami yo‘q yo‘llardan,
1
So‘na
– o‘rdak.
158
dim uchi yo‘q cho‘llardan,
tomosha qing,
mard hasan
qistab o‘tib boradi.
bunday o‘rinlarda tinglovchi o‘zini go‘yo asar qahramo-
ni bilan yonma-yon ot qo‘yib borayotganday his etadi. shoir
qahramonlar ruhiy holatini chuqur his etadi va uni doston
tinglovchilariga ham yuqtira biladi. dostonning tili – sodda,
rang-barang. Unda adabiy tilimizni boyitishga xizmat qila-
digan so‘z va atamalar juda ko‘p. ko‘plab misralarda xalq
maqollari va hikmatli so‘zlari o‘rinli qo‘llangan.
suyukli xalq shoiri ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ulkan
mehnati, iste’dodi hamda dostonni yozib olgan folklorshunos
va noshirlarning og‘ir mehnati tufayli avlodlarga meros bo‘lib
qolgan «ravshan» dostoni kitobxonlarni mustahkam islomiy
e’tiqod, chin va pokiza muhabbat, or-nomus, e’tiqod, qahra-
monlik, ota yurt va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: