IV. Yakuniy qoidalar
35. Tanlov sinfida faqatgina majburiy 8 ta fanni o‘qitish yoki ularga qo‘shimcha tarzda tayanch o‘quv rejaga kiritilgan fanlardan qo‘shimcha ravishda tanlov fani sifatida eng ko‘pi bilan 2 ta fanni o‘qitish, qolgan fanlar o‘qitilishini joriy etmaslik yoki dars soatlarini qisqartirgan holda o‘qitilishi mumkin.
36. Tanlov sinfi o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabining reytingini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida olinadi.
37. Tanlov sinfini tashkil etish yoki uni tugatish maktabning pedagogika kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |