II. Variativ o‘quv rejaning maqsadi
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejaning asosiy maqsadi:
o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘quvchining manfaatlarini inobatga olish;
o‘quv jarayonini kompetentsiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;
o‘quvchilarning individual xohish istaklari, qobiliyatlari asosida muvofiq o‘zgaruvchan o‘quv rejalarga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish;
o‘quvchilarning kelgusida tanlaydigan kasblari bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chuqur o‘rganishlariga sharoitlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |