Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Alisher Navoiy asarlari, Navro`zni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Yuraklarga solib hayojon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo`llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag`ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko`klamoy.
Komil Sindarov
O`qituvchi:
Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu – istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.
Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning
“Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm – rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.
Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh – la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
Topshiriq:
“Navro`z ” bayrami bilan bog`liq bo`lgan an’ana va udumlarimizni
“Diolog” usulida ochib beradilar.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |