O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Alisher Navoiy asarlari, onalarni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Bir umr axtardim samimiyatni
Va uni onalar ko`zida ko’rdim.
Zaminday kimgadir topinmoqchiydim,
Uni ham onaning o`zida ko’rdim.
Abdulla Oripov
O`qituvchi:
Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning.To`qqiz oy seni vujudida asragan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi.Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o`zidan keyin Onani berdi.
Kimga yaxshilik qilishim kerak, Rasululloh?
Avval onangga, keyin yana onangga, keyin yana onangga,
So’ngra otangga, ulardan keyin boshqa yaqinlaringga.
ONA DUOSI. (rivoyat)
Qadim zamonda buyuk kushoniylar davlati sarkardasi Pahlavon Shukrilloh o’tgan ekan. Uning pahlovonligi, dovyurakligi el og’zida doston bo’lib, jangga sobut-dubulg’asiz, qalqonsiz qo’lida qilich bilan kirar va doim g’alaba qilar ekan. Davrlar o’tib Pahlavonning yoshi ellikka boribdi.
Bir kuni temirchining oldiga borib, o’ziga qalqon, sovut buyurtiribdi. Navbatdagi jangda pahlavon sovut-qalqon va qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar hayron bo’lib so’rashibdi:
Ey, sarkarda, bu holda hech janggakirmas edingiz-ku…
Sarkarda bir xo’rsinib debdi:
Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdi.Bu duo menga qolqon, sovut edi, o’q o’tkazmas dubulg’a edi.
Endi u kishi yo’q.
Qisqa savol-javoblar
1. Onaga atab yozilgan kitob va uning muallifi kim?
Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo”.
Said Ahmad “Ufq”.
O’tkirov Hoshimov “Dunyoning ishlari”.
Xudoyberdi To’xtaboyev “Sariq devni minib”.
2. Qaysi allomaning onasi Ollohdan iltijo qilib farzandining ko’zini ochishini so’rab iltijo qiladi?
Abu Ali Ibn Sinoning.
Imom al-Buxoriyning.
Imom at-Termiziyning.
Abu Rayhon Beruniyning.
3. …….-gul bilan lola. Maqolni davom ettiring.
4. Biz Vatanni kimga qiyoslaymiz va nima uchun?
5. Ona Vatan so’zi rus tilida qanday ataladi?
6. Ona Vatan so’zi ingliz tilida qanday ataladi?
7. 2001 yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |